Elmira Bositxonova
Elmira Erkinovna Bositxonova (tugʻ. 10-noyabr 1958-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokor, davlat arbobi va siyosatchi. 2020-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinladi.
Elmira Bositxonova | |
---|---|
![]() | |
Mansab davri 2019-yildan – 2020-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Tanzila Norboyeva |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Mansab davri 2011-yildan – 2016-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Farida Akbarova |
Vorisi | Tanzila Norboyeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 10-noyabr 1958-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Mukofotlari | ![]() |
Biografiyasi
1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining „Davolash“ yoʻnalishini tamomlagan.
1981-yildan 2011-yilgacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida turli lavozimlarda ishlagan.
2011-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.
2016-yil 12-dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.
2019-yil iyundan 2020-yil 19-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi boʻlgan.
2020-yilda Oʻzbekiston Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirning birinchi oʻrinbosari.
2020-yil 3-iyundan boshlab Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
Manbalar
- https://lex.uz/docs/2467409
- „Эльмира Баситханова — первый замминистра по делам махалли и семьи“ (ru). gazeta.uz (2020-yil 19-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- Kun uz. „Эльмира Баситханова назначена на новую должность. Она вернулась в Минздрав“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Elmira Bositxonova haqida, Elmira Bositxonova nima? Elmira Bositxonova nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!