Farida Akbarova

Farida Shorahimovna Akbarova — (1960-yil, 12-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi „Bo‘ston sanatoriysi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.

Farida Akbarova
Tavalludi 12-fevral 1960-yil
Toshkent
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Kasbi Shifokor
Mukofotlari Salomatlik ordeni

Tarjimayi holi

Farida Akbarova 1960-yil 12-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1982-yil Toshkent pediatriya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983—1987-yillar Toshkent shahar 6-sonli bolalar shifoxonasi shifokori, boʻlim ordinator shifokori kabi lavozimlarda boshlagan. Farida Akbarova 1987—1992-yillar Toshkent shahar markaziy shifoxona bolalar boʻlimi pediatr shifokori, 1992—1993-yillar Toshkent shahar sog’liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻlim boshligʻi, 1994—1995-yillar Toshkent shahar tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi oʻsmirlarning sihat-salomatligini saqlash boʻyicha muovini, 1995—1997-yillar Toshkent shahar Yashnaobod 8-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, 1997—2000-yillar Toshkent shahar 2-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, 2000—2005-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tuman hokimi oʻrinbosari, 2005—2007-yillar Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi oʻrinbosari, 2007—2008-yillar Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi raisi, 2008—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisi, 2011-yildan buyon Toshkent viloyati Qibray tumani „Boʻston“ MCHJ direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Faoliyati

Farida Akbarova faoliyati davomida bolalar va oʻsmirlar xotin-qizlar hayotiga doir ishtimoiy masalalar bilan shugʻullanib kelmoqda. U ayollar uchun „Ayol va sport“ komissiyasini, „Onalar kuylaganda“ loyihasi asosida Respublika koʻrik-tanlovi, „Qoʻli guldir Oʻzbek ayolin“ koʻrgazma-savdo loyihasini, „Doʻppi tikdim ipaklari tillodan“ loyihasi, „Oila- muqaddas Vatan“ yosh oila quruvchilar maktabi, „Rahbar ayollar klubi“ kabi loyihalarga rahbarlik qilgan.

Mukofotlari

Farida Akbarova 2020-yilda II darajali „Salomatlik“, „Mehnat shuhrati“ ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbalar

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)
  3. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“ (2025-yil 23-avgust). Qaraldi: 2025-yil 23-avgust.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Farida Akbarova haqida, Farida Akbarova nima? Farida Akbarova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan