Robiya al-Adabiya (arabcha: رابعة العدوية القيسية البصرية); Robiʼa ul-Adaviya deb ham yoziladi; 713/714 — 801) — zohidlikning ilk vakilasi. Qashshoq arab oilasida tugʻilib, choʻri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojoʻyligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolgʻizlikda kun kechirgan, keyin Basrada yashagan. Robiya al-Adabiya Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori boʻlgan. Allohdan hech bir ta'ma — manfaat koʻzlamay, uni mutlaq sevish — inson maʼnaviy hayotining mohiyati ekanini zohidlardan birinchi boʻlib taʼkidlagan. Uning gʻoyalari keyingi avlod so'fiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Xalloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va boshqa so'fiylar taʼlimotining asosini tashkil etgan. Robiya al-Adabiya taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, avliyo sifatida ulugʻlanadi.
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!