Salomatlik ordeni

„Salomatlik“ ordeni — Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun sohaga aloqador shaxslar mukofotlanadi.

“Salomatlik” ordeni
image
Mamlakat image Oʻzbekiston
Turi orden
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham
Taqdirlash asosi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 26-may.

Daraja

Orden 2 darajadan iborat: 1-darajali va 2-darajali. Ordenning oliy darajasi 1-darajadir. Mukofotlash avval 2-darajali, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin 1-darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.

1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan:

  • sogʻliqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
  • homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
  • xorijiy investorlar, biznes doira hamda sogʻliqni saqlash tizimining vakillari;
  • farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
  • tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining oʻqituvchilari;
  • respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, koʻngillilar mukofotlanadi.

2-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan:

  • Oʻzbekiston hududlari kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari;
  • tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
  • sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash tizimi xodimlari;
  • sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari;
  • sogʻliqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega boʻlgan shifokorlari mukofotlanadilar.

Orden bilan boshqa sohadagi shaxslar ham alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.

Har bir mukofotlangan shaxsga tegishli darajali „Salomatlik“ ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.

Yana qarang

  • Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari
  • Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari
  • Oʻzbekiston davlat imtiyozli mukofotlari

Manbalar

  1. „SALOMATLIK“ ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2020-yildagi OʻRQ-620-son
  2. „Salomatlik“ ordeni va „Sogʻlom turmush“ medali taʼsis etiladi[sayt ishlamaydi]
  3. „Salomatlik“ ordeni va „Sogʻlom turmush“ medali taʼsis etiladi
  4. Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi xizmatlar uchun beriladigan „SALOMATLIK“ ordeni taʼsis etildi
  5. „Salomatlik“ ordeni taʼsis etildi

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Salomatlik ordeni haqida, Salomatlik ordeni nima? Salomatlik ordeni nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan