Farrux Sayfiyev

Farruh Karimovich Sayfiyev (ruscha: Сайфиев, Фаррух Каримович1991-yili 17-yanvar, Samarqand) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Farruh Sayfiyev
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farruh Karimovich Sayfiyev
Tavallud sanasi 17-yanvar 1991-yil (1991-01-17) (34 yosh)
Tavallud joyi Samarqand Oʻzbekiston
Boʻyi 183 m (600 ft 4 12 in)
Ampluasi Himoyachi / Qanot yarim himoyachisi
Laqabi Fara
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
…—2012 Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2018 Nasaf 111 (13)
2018—2023 Paxtakor 140 (11)
2024 Navbahor 21 (1)
2025— Neftchi 12 (1)
Milliy terma jamoa
2014— Oʻzbekiston 63 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 24-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 2-sentyabr uchun)

Faoliyati

Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

2017-yil 27-dekabr „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan.

2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamosiga oʻtganligi eʼlon qilingan.

Terma jamoadagi faoliyati

U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Milliy terma jamoadag statistikasi

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 2022-yil 8-iyun Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston image Shri Lanka 2–0 3–0 2023-yilgi Osiyo kubogi saralashi

Yutuqlari

  • 1image Oʻzbekiston chempionati chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
  • 2image Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2017, 2018

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

  1. „Farrux Sayfievni tabriklaymiz!“ (2015-yil 17-yanvar).
  2. Visshaya liga-2013. Farrux Sayfiev avtor 500-go gola
  3. „Oliy liga-2013. Farruh Sayfiev 500-gol muallifi“ (2013-yil 31-oktyabr).
  4. „Oliy liga-2017. Havodan eng koʻp aniq uzatma oshirgan qanot himoyachilari“ (2017-yil 28-dekabr).
  5. „Rasman: Farruh Sayfiev "Paxtakor" futbolchisi“ (2017-yil 27-dekabr).
  6. „Coca Cola Superligasi-2022. Eng yaxshi assistentlar“ (2022-yil 14-noyabr).
  7. „Turkiya klubi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda“ (2023-yil 7-dekabr).
  8. „Расман: Фарруҳ Сайфиев — "Навбаҳор" футболчиси!“ (2024-yil 30-yanvar).
  9. „Farrux Sayfiev va Dilshod Jo'raev terma jamoada debyut qilishdi“ (2014-yil 21-avgust).
  10. Azerbaijan 0–0 Uzbekistan
  11. „Osiyo Kubogi. O'zbekiston tarkibida nechta futbolchi musobaqada debyut qilishi mumkin?“ (2024-yil 4-yanvar).
  12. „Poker qayd etgan "sakkiztalik"“ (2016-yil 21-noyabr).
  13. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar

  • Farrux Sayfiyev OʻzPFL saytida
  • Farrux Sayfiyev Soccerway saytida
  • Farrux Sayfiyev National-Football-Teams.com saytida(ingl.)
  • Farrux Sayfiyev FootballFacts.ru saytida (ruscha)
  • Farrux Sayfiyev Transfermarkt saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Farrux Sayfiyev haqida, Farrux Sayfiyev nima? Farrux Sayfiyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan