Filipp Yefremov

Filipp Sergeyevich Yefremov (1750, Vyatka — 1811 yildan soʻng vafot etgan) — rus sayyohi, Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Orenburg chegara rayonida xizmat qilayotganida (1774) qozoqlar asirga olib, Buxoroga keltirilgan. U Buxoro otaligʻi Doniyolbiy qoʻlida xizmat qilgan. Keyinchalik oʻnboshi, ellikboshi, yuzboshi qilib tayinlangan. Otaliqning Samarqand, Xiva va Eron yurishlarida qatnashgan. Keyinroq Qoʻqon xonligiga qochib oʻtgan. U yerdan Qashqar, Tibet, Kashmir orqali Hindistonga borgan. Inglizlar kemasida Kalkuttadan Afrika jan. orqali Angliyaga, u yerdan 1782 yilda SanktPeterburgga qaytib borgan. Keyinchalik Kavkaz, Ukraina va Gʻarbiy Sibirdagi bojxonalarda ishlagan. Ye. Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston mamlakatlarining siyosiy tuzumi, tabiati, harbiy qudrati, aholisi, urf-odatlari va hayotiga oid sayohatnoma yozib ["Toʻqqiz yillik sayohat (1774—1782)"] 1786 y. Peterburgda nashr ettirdi. Unda koʻplab fors va oʻzbek soʻzlariga izoh bergan.

Manbalar

  • Devyatiletneye stranstvovaniye, 5 izd. [pod. red. E. Murzayeva], M., 1952.

Adabiyot

  • Hasanov H., Xofizi Abru, Xaydar Mirza, Filipp Yefremov, T., 1964.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Filipp Yefremov haqida, Filipp Yefremov nima? Filipp Yefremov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan