Javohir Zokirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Zokirov
image
Javohir Zokirov (2018-yil)
Tavalludi
Javohir Jamshidovich Zokirov

9-noyabr 1972-yil (1972-11-09) (53 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor, musiqachi
Janr drama, melodrama, komediya
Faoliyat yillari 1986—hozirgacha
Otasi Jamshid Zokirov
Onasi Gavhar Zokirova
Turmush oʻrtogʻi Shahrizod Gʻulomova
Bolalari 3 nafar
Qarindoshlari bobosi — Karim Zokirov
buvisi — Shoista Saidova
amakilari — Farrux Zokirov, Botir Zokirov

Javohir Jamshidovich Zokirov (1972-yil 9-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli aktyor, rejissyor va xonanda. Zokirovlar sulolasi vakili. Mashhur oʻzbek pop-rok guruhi „Bolalar“ning asoschilaridan biri. 2022-yilgi izlanishlarga koʻra, Oʻzbekistondagi eng qimmat gonorar oluvchi aktyor (kuniga 500 AQSh dollari). Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. „Sotqin“, „Baron“, „Avloniy“ kabi filmlar, „Mendirman Jaloliddin“ serialidagi rollari bilan omma orasida shuhrat qozongan.

Yoshligi

| ]

Javohir Zokirov 1972-yilning 9-noyabr sanasida Toshkent shahrida, Zokirovlar sulolasi aʼzolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar xonadonida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand. Bezori bola boʻlgani uchun maktabdan haydalgan. Bolalar guruhi asoschilardan hisoblangan Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov bilan doʻst boʻlgan. Keyinchalik, uchalasi birgalikda guruhga asos solishadi.

Taʼlimi

| ]

Boshlangʻich taʼlimni Olmazor tumanida joylashgan 46-maktabda, soʻngra bolalik uyi yaqinida joylashgan maktabda oʻqigan. 1990—1994-yillarda Moskva davlat kinematografiya institutida tahsil olgan.

Faoliyati

| ]

Ilk davrlar

| ]

BBC nashri bilan intervyuda 1980-yilda suratga olingan Zavtra viydyosh? (oʻzbekcha: Ertaga koʻchaga chiqasanmi?) filmida ilk marotaba koʻrinish berganini taʼkidlagan. Ilk professional rolini „Tsarapina“ filmida ijro etgan. Bolalar guruhining 1989-yili yozilgan eng birinchi — guruhning „Esingdami seni?“ nomli eng mashhur musiqalaridan biri joy olgan — albomi chiqarilgandan soʻng, Javohir Zokirov guruhni tark etib, Rossiyaga oʻqishga joʻnab ketadi.

Keyingi yillar

| ]

Aktyor 1996-yildan beri muntazam ravishda katta ekranlarda koʻrinish berib kelmoqda. Keyinchalik, „Katta urushdagi kichik odam“ (1989-yil; Shuhrat Abbosov filmi), „To‘ylar muborak 2“, „Bo Ba Bu“ (1998-yil; Ali Hamroyev filmi), „Voiz“ (1998-yil; Yusuf Roziqov filmi), „Tohir va Zuhra“, „Buyuk Amir Temur“ (1996-yil), „Ko‘rgulik“ va yana bir qator filmlarda bir necha rollar ijro etgan. Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlagan. TV Markaz xususiy kanali uchun avtorlik dasturlari tayyorlash bilan shugʻullangan. BBCning „Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda“ loyihasi uchun musiqalar yozgan.

Shaxsiy hayoti

| ]

Taniqli oʻzbek adibi Gʻofur Gʻulomning qizi Shahrizod Gʻulom (Gʻulomova) bilan turmush qurgan. Uch nafar — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandi bor. Zokirov Jahongir Otajonovning musiqalarini sevib tinglaydi.

Qarindoshlari

| ]
  • Bobosi — Karim Zokirov, sovet qoʻshiqchisi, Zokirovlar sulolasining asoschisi;
  • Buvisi — Shoista Saidova (1920—2000), xonanda, xalq qoʻshiqlari ijrochisi.
  • Otasi — Jamshid Zokirov (1948—2012), sovet va oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • Onasi — Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova;
  • Amakisi — O‘zbekiston SSR xalq artisti Botir Zokirov;
  • Amakisi — Yalla vokal-instrumental ansambli rahbari Farrux Zokirov;
  • Singlisi — sanʼatshunos Ohista Zokirova
  • Qarindosh opasi — Nargiz Zokirova.

Filmografiyasi

| ]
Film va seriallardagi rollari.
Sana Nom Rol Manba
1986-yil Tsarapina Rustam
1989-yil Katta urushdagi kichik odam Safoning doʻsti
1996-yil Buyuk Amir Temur kichik rol
1998-yil Bo Ba Bu Bu (bosh rol)
1999-yil Voiz bolshevik (bosh rol)
2004-yil Chudnaya dolina loʻli
2005-yil Chastniy detektiv Rinat Galiulin
2006-yil Haqiqiy erkaklar ovi Marat (narkokuryer)
2006-yil Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi kichik rol
2007-yil Zabarjad Zafarbek
2007-yil Panoh kichik rol
2009-yil Sled Salamandri kichik rol
2011-yil Sem mayskix dney Xasan (banda boshligʻi; bosh rol)
2012—2014 A u nas vo dvore... Anvar
2015-yil Sotqin Sarvar Bahromovning akasi
2015-yil Pobeg iz Moskavabada Xasan
2016-yil Baron kichik rol
2017-yil Nazira Xamdam
2018-yil Mehmonxona 2 Jamshid
2018-yil Zolotaya Orda Azar
2020-yil Kartonnaya pristan tojik
2021-yil Mendirman Jaloliddin Chingizxon
2022-yil Igra na vijivaniye 2 Yusuf
2023-yil Spasti yedinstvennogo sina Aliyev
2023-yil Hukmdor Usmon Görklü Han

Diskografiyasi

| ]
Ijro etgan ashulalari roʻyxati
Sana Qoʻshiq nomi Manba
03.06.2015 Chyornaya toska
03.06.2015 Devushka-kuvshin
03.06.2015 Dog
03.06.2015 Donoman
03.06.2015 Dvorik
03.06.2015 Ekolot
03.06.2015 Erkalab sev
03.06.2015 Gde ti
03.06.2015 Habiba
03.06.2015 Kel
03.06.2015 Kerak emas
03.06.2015 Luna
03.06.2015 Lunolikaya
03.06.2015 Mustafa
03.06.2015 Oy nurlari
03.06.2015 Stariy dvorik
03.06.2015 Tigr
07.04.2016 Yil
07.04.2016 Raʼno
03.05.2016 Zarb
03.05.2016 Dilbarim

Manbalar

| ]
  1. „Джавахир Закиров“. vokrug.tv. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  2. „Javohir Zokirov Rossiyadagi festivalda diplomga ega bo'ldi“. www.brend.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  3. „Джавахир Закиров (Djavakhir Zakhirov, Жавохир Закиров) / биография“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  4. „Javohir Zokirov from Uzbekistan“ (en). popnable.com/. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  5. „Aktyor: Javokhir Zokirov (Javohir Zokirov)“. uzsmart.uz/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  6. „Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi“. daryo.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  7. „Ўзбекистондаги энг «қиммат» актёрлар: уларнинг бир кунлик гонорари қанча?“. zamin.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  8. „Царапина (1986) / информация о фильме“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  9. „BBC mehmoni - taniqli aktyor Javohir Zokirovga savol yo‘llang“ (uz). bbc.com. — „Lekin, birinchi katta rolni 14 yoshimda "Tirnalgan" ("Tsarapina") filmida o‘ynaganman", deydi u“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  10. „Javohir Zokirov haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. savol-javob.com. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  11. „Javohir Zakirov Actor“. imdb.com. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  12. „Завтра выйдешь? (1980) / актеры и роли“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  13. „Джавахир Закиров“. kinopoisk.ru/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  14. „Javohir Zokirov farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O`zbekistonga qaytishi haqida(Eksklyuziv)“ (uz). darakchi.uz. — „Ssenariy muallifi, turmush o`rtog`im — Shahrizod G`ulomova“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  15. „Закиров, Джавахир Джамшидович“. cyclowiki.org. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  16. „Джавахир Закиров (Djavakhir Zakhirov, Жавохир Закиров) / фильмография“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  17. „ЦАРАПИНА (1986)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  18. „МАЛЕНЬКИЙ ЧЕЛОВЕК В БОЛЬШОЙ ВОЙНЕ (1989)“. kinopoisk.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  19. „ВЕЛИКИЙ АМИР ТЕМУР (1996)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  20. „БО БА БУ (1998)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  21. „ОРАТОР (1999)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  22. „ЧУДНАЯ ДОЛИНА (2004)“. kino-teatr.ru/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  23. „ЧАСТНЫЙ ДЕТЕКТИВ (2005)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  24. „Охота для настоящих мужчин (2006) / информация о фильме“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  25. „Ходжа Насреддин: Игра начинается“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  26. „Забаржад“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  27. „След саламандры“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  28. „Семь майских дней“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  29. „А у нас во дворе...“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  30. „Побег из Москвабада“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  31. „Барон (Россия, Узбекистан)“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  32. „Гостиница 2“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  33. „Золотая Орда“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  34. „Картонная пристань“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  35. „Mendirman Jaloliddin“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  36. „Игра на выживание-2“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  37. „Спасти единственного сына“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  38. „Скачать музыку и клип бесплатно » Javohir Zokirov » Страница 2“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  39. „Javohir Zokirov - Chyornaya toska“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  40. „Javohir Zokirov - Devushka-kuvshin“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  41. „Javohir Zokirov - Dog“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  42. „Javohir Zokirov - Donoman“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  43. „Javohir Zokirov - Dvorik“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  44. „Javohir Zokirov - Ekolot“. uzhits.net/. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  45. „Javohir Zokirov - Erkalab sev“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  46. „Javohir Zokirov - Gde ti“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  47. „Javohir Zokirov - Habiba“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  48. „Javohir Zokirov - Kel“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  49. „Javohir Zokirov - Kerak emas“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  50. „Javohir Zokirov - Luna“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  51. „Javohir Zokirov - Lunolikaya“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  52. „Javohir Zokirov - Mustafa“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  53. „Javohir Zokirov - Oy nurlari“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  54. „Javohir Zokirov - Stariy dvorik“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  55. „Javohir Zokirov - Tigr“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  56. „Javohir Zokirov - Yil“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  57. „Javohir Zokirov - Ra’no“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  58. „Javohir Zokirov - Zarb“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  59. „Javohir Zokirov - Dilbarim“. uzhits.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.

Havolalar

| ]
  • Javohir Zokirov IMDbda
  • Rizanovadagi profili
  • Javohir Zokirov Instagramda

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Javohir Zokirov haqida, Javohir Zokirov nima? Javohir Zokirov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan