Giorgi Gaxariya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Giorgi Zaurovich Gaxariya
გიორგი ზაურის ძე გახარია
image
image
 14-Gruziya Bosh vaziri
image
 
Mansab davri
2019-yil 9-sentyabr – 2021-yil 18-fevral
Prezident Salome Zurabishvili
Oʻtmishdoshi Mamuka Baxtadze
Vorisi Mayya Tskitishvili (v.b.)
image
 Gruziya Ichki ishlar vaziri
image
 
Mansab davri
2017-yil 13-noyabr – 2019-yil 9-sentyabr
Bosh vazir Giorgi Kvirikashvili
Mamuka Baxtadze
Oʻtmishdoshi Giorgi Mgebrishvili
Vorisi Vaxtang Gomelauri
image
 Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri
image
 
Mansab davri
2016-yil 26-noyabr – 2017-yil 13-noyabr
Bosh vazir Giorgi Kvirikashvili
Oʻtmishdoshi Dmitriy Kumsishvili
Vorisi Dmitriy Kumsishvili
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-mart, 1975-yil (50 yil avval) (1975-03-19)
Tbilisi, Gruziya SSR, image SSSR
Siyosiy partiyasi Gruziya uchun (2021-yil may oyidan)
Taʼlim 1) Tbilisi Davlat universiteti
(tarix fakulteti)
2) MDU
(politologiya fakulteti, 2000)
3) MDU
(biznes-maktab, 2004)
Kasbi tarixchi, politolog, tadbirkor, siyosatchi
Kabinet MDU
Imzosi image

Giorgi Zaurovich Gaxariya (gruzincha: გიორგი ზაურის ძე გახარია) — Gruziya davlat va siyosat arbobi. Avvalroq u 2019-yil 9-sentyabrdan 2021-yil 18-fevralgacha Gruziya Bosh vaziri, Gruziya Ichki ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari (2017-2019), Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri (2016-2017) bo‘lgan.

Biografiyasi

| ]

Taʼlim

| ]

Giorgi Gaxariya Tbilisi Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1994-2000-yillarda Moskva Davlat universitetida (siyosiy fanlar fakulteti, siyosatshunoslik magistri) tahsil olgan. 2002-2004 yillarda Moskva davlat universitetining Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

Gruziya hukumatida ishlash

| ]
image
Giorgi Gaxariya va Ilhom Aliyev

Xususiy biznesda ishlagandan soʻng (SFK Groupda - Bosh direktor; Lufthansa Service Holding AGda - Sharqiy Yevropa, MDH va Rossiya boʻylab biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor), 2013-yil mart oyida u Gruziya biznes-ombudsmanı etib tayinlandi. 2014-yil dekabr oyidan boshlab u Gruziya hukumati iqtisodiy kengashi kotibi lavozimini birlashtirdi. Giorgi Kvirikashvili bosh vazir boʻlgach, 2016-yilning noyabrida Giorgi Gaxariyani Iqtisodiyot vaziri lavozimiga oʻzining oʻrniga tayinlagan edi. 2017-yil 13-noyabrda Gaxariya Gruziya ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Gruziya bosh vaziri oʻrinbosari lavozimini ham egalladi.

2019-yil 3-sentyabrda Mamuka Baxtadze isteʼfoga chiqqanidan soʻng u Gruziya Bosh vaziri lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 9-sentyabr, dushanba kuni u hukumat rahbari lavozimini egalladi. 2021-yil 18-fevralda Giorgi Gaxariya muxolifatchi siyosatchi Nikanor (Nika) Meliyani hibsga olish qarori yuzasidan partiyadoshlari bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfoga chiqdi.

Oʻz partiyasini yaratish

| ]

2021-yilning may oyida u “Gruziya uchun” partiyasiga asos solgan va Tbilisi meri uchun saylovda ushbu partiyadan ishtirok etgan.

Manbalar

| ]
  1. „Президент Грузии подписала указ о назначении Гахарии премьером — Новости — Мир — Коммерсантъ“. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  2. „Георгий Гахария ушел в отставку“. 2021-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.
  3. „Кандидатом на пост премьера Грузии стал глава МВД Гахария — Новости — Мир — Коммерсантъ“. 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-sentyabr.
  4. „Премьер Грузии объявил об отставке из-за ареста оппозиционного политика“. РБК (2021-yil 18-fevral). 2021-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Giorgi Gaxariya haqida, Giorgi Gaxariya nima? Giorgi Gaxariya nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan