Giorgi Kvirikashvili
| Giorgi Kvirikashvili | |
|---|---|
გიორგი კვირიკაშვილი | |
![]() | |
| Mansab davri 2015-yil 30-dekabr – 2018-yil 20-iyun | |
| Prezident | Giorgi Margvelashvili |
| Oʻtmishdoshi | Irakliy Garibashvili |
| Vorisi | Mamuka Baxtadze |
| Prezident | Giorgi Margvelashvili |
| Bosh vazir | Irakliy Garibashvili |
| Oʻtmishdoshi | Tamara Beruchashvili |
| Vorisi | Mixail Janelidze |
| Mansab davri 2012-yil 25-oktabr – 2015-yil 1-sentabr | |
| Prezident | Mixail Saakashvili Giorgi Margvelashvili |
| Bosh vazir | Bidzina Ivanishvili Irakliy Garibashvili |
| Oʻtmishdoshi | Veronika Kabaliya |
| Vorisi | Dmitriy Kumsishvili |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 20-iyul, 1967-yil Tbilisi, Gruziya SSR, |
| Siyosiy partiyasi | Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya |
| Taʼlim | Tbilisi Davlat tibbiyot universiteti Tbilisi Davlat universiteti Urbana-Champaigndagi Illinois universiteti |
| Kasbi | moliyachi, iqtisodchi |
| Imzosi | ![]() |
Giorgi Jemalovich Kvirikashvili (gruzincha: გიორგი ჯემალის ძე კვირიკაშვილი) — Gruziya siyosat va davlat arbobi. Avvalroq u Gruziya Bosh vaziri (2015-2018), hukmron „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasi raisi (2015-2018) boʻlgan.
Taʼlim
| ]1984-yilda V. M. Komarov nomidagi fizika-matematika maktab-internatini tamomlagan. 1984-1991-yillarda Tbilisi davlat tibbiyot universitetida umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligida tahsil olgan. 1986-1988-yillarda sovet armiyasi saflarida majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan. 1990-1995-yillarda Ivane Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida sanoatni rejalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. 1997-1998-yillarda Illinoys universitetida tahsil olgan, moliya sohasida fan magistri darajasini olgan.
Faoliyati
| ]1993-1996-yillar — moliyaviy faoliyatini United Georgian Bankda boshlagan. Kredit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi;
1996-1997-yillar — Eksport-Import bank vitse-prezidenti;
1997-1998-yillar — United Georgian Bank boshqaruv departamenti filiali direktori;
1999-yildan davlat idorasida ishlagan. Moliya, valyuta va tashqi iqtisodiy xizmat boshligʻining oʻrinbosari. Gruziya hukumati va USAID qoʻshma dasturining Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish guruhi rahbari;
1999-2004-yillar — Gruziya parlamenti aʼzosi, Iqtisodiy siyosat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;Atirgullar inqilobi va Mixail Saakashvili hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u davlat ishini tashlab, biznesga qaytdi;
2004-2006-yillar — Birinchi Tijorat Banki ijroiya direksiyasi maslahatchisi;
2006-2011-yillar — Kartu Bank bosh direktori;
2012-yil 25-oktyabrda Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi Gruziyaning yangi hukumatida Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri;2015-yil 1-sentyabrda Gruziya Tashqi ishlar vaziri;
2015-yil 30-dekabr Gruziya parlamenti yalpi majlisda uning nomzodini maʼqullagan va u taqdim etgan hukumat tarkibi qo‘llab-quvvatlaganidan keyin Giorgi Kvirikashvili Gruziya bosh vaziri bo‘ldi.
2018-yil 13-iyunda Kvirikashvili isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Yangi hukumat tuzilgunga qadar eski hukumat o‘z vazifalarini bajarishda davom etdi.
Manbalar
| ]- „«Школьный галстук»: школа Комарова в Тбилиси“. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
- „საქართველოს პრემიერ-მინისტრი“. 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- „Парламент Грузии подтвердил кандидатуру Георгия Квирикашвили в качестве нового премьер-министра“. 2016-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- „Премьер-министр Грузии Георгий Квирикашвили подал в отставку“. Радио «Свобода» (2018-yil 13-iyun). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- „Премьер-министр Грузии Георгий Квирикашвили объявил об отставке“. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- Gurjiston Bosh vazirlari
- Yashayotgan insonlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- 20-iyulda tugʻilganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Giorgi Kvirikashvili haqida, Giorgi Kvirikashvili nima? Giorgi Kvirikashvili nimani anglatadi?







Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!