Gʻofurjon Mirzayev
Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich (1964-yil 21-aprel, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2020-yildan). 2016-yildan 2022-yilgacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2022-yildan Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi.
Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich | |
---|---|
Мирзаев Ғофуржон Ғаниевич | |
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi | |
Mansab davri 2022-yil 22-noyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherzod Qudbiyev |
Sirdaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 15-dekabr – 2022-yil 22-noyabr | |
Oʻtmishdoshi | Oybek Ashurmatov |
Vorisi | Akmaljon Mahmudaliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 21-aprel 1964-yil Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari | ![]() |
Hayoti
Taʼlim
1990-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Gʻofurjon Mirzayev 1990—1994-yillarda Bogʻdod don mahsulotlari kombinati sozlovchisi, avtomatika muhandisi, rais oʻrinbosari, 1994—1997-yillarda Bogʻdod tumani hokimining qurilish, sanoat, transport va aloqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 1997—1998-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporatsiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizasiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 1998—2000-yillarda Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining Fargʻona aksiyadorlik uyushmasi raisi, 2000—2003-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporasiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-nazorat xizmati hududiy organlar bilan ishlash guruhi yetakchi inspektori, 2011-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi yetakchi inspektori,
2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi bosh inspektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2016-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi.
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
Gʻofurjon Mirzayev 2019-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
- „Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi“ (2020-yil 13-yanvar). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- „Halol mehnat munosib ragʻbatlantirilganda…“ (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gʻofurjon Mirzayev haqida, Gʻofurjon Mirzayev nima? Gʻofurjon Mirzayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!