Davron Mirzayev
- Vikipediyada ismi Davron va familiyasi Mirzayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Davron Bahtiyorovich Mirzayev | ||
| Tavallud sanasi | 8-fevral 1989-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006 | Paxtakor Toshkent | 1 | (0) |
| 2007—2010 | Rubin Kazan | 1 | (0) |
| 2010 | → Ximki (ijara) | 2 | (0) |
| 2011—2013 | Nefteximik Nijnekamsk | 32 | (5) |
| 2014 | Istiklol | 5 | (1) |
| 2015 | Regar-TadAZ | ||
| 2015 | Rubin Yalta | 10 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Davron Bahtiyorovich Mirzayev (1989-yil 8-fevral, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, oxirgi marta Qrim Premer-ligasida „Rubin Yaltada“ oʻynagan. U Rossiya fuqaroligiga ham ega.
Futbolchilik faoliyati
| ]Davron 12 yoshidan Toshkentning „Paxtakor“ klubi maktabida futbol oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiy Ilnur Yevgenievich Eremeyev. Oradan uch yil oʻtib Paxtakor jamoasi oʻrinbosarlariga, soʻngra Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan. 16 yoshida „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan.
2006-yilda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan turnirda Rossiyaning „Rubin“ selektsionerlari eʼtiboriga tushgan va Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagan. 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u Rossiya fuqaroligini olgan.
Davron Rubin jamoasi asosiy tarkibdagi debyutini 2008-yilning avgust oyida Komsomolsk-na-Amur shahrining „Smena“ jamoasi qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2007—2009-yillarda Qozonning „Rubin“ klubining zaxira va yoshlar jamoasida 47 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogi turnirida Rubin tarkibida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2008-yil Oʻzbekiston U19 terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni olgan. 2010-yil noyabr oyida Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.
2014-yilning mart oyida Mirzayev Tojikistonning „Istiqlol“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 2014-yilning noyabr oyida Mirzayev Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida mashgʻulot oʻtkazayotgani haqida xabar berilgan. 2015-yilning yozida Mirzayev Qrim Premyer-ligasi vakili „Rubin Yalta“ jamoasi safiga oʻtgan va oʻsha yilning 15-dekabrida jamoani tark etgan. Yaltaning „Rubin“ klubini tark etganidan soʻng, Mirzayev Belshina Bobruysk tarkibida mashgʻulot oʻtkazgan, biroq shartnoma imzolamagan.
Manbalar
| ]- Gazeta. Ru – Davron Mirzaev
- „Протокол матча“ (deadlink). 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
- „Снова вторые — Футбол“. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-yanvar.
- „Снова вторые — Футбол“. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-yanvar.
- „Ялтинский «Рубин» покинули восемь игроков“. 2020-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
- „Джурабаев и Мирзаев не подошли «Белшине»“. 2020-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
Havolalar
| ]- Davron Mirzayev
- Davron Mirzayev Rubin Qozon klubi satida
- Davron Mirzayev Transfermarkt saytida
- Davron Mirzayev Soccerway saytida
- Davron Mirzayev Sportbox saytida
- 8-fevralda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- FC Rubin Qozon futbolchilari
- FC Khimki futbolchilari
- Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari
- Regar-TadAZ klubi futbolchilari
- FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Davron Mirzayev haqida, Davron Mirzayev nima? Davron Mirzayev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!