Halima Ahmedova

Halima Ahmedova — shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, koʻplab sheʼriy kitoblar muallifi.

Halima Ahmedova
Tavalludi 1-oktyabr 1960-yil (1960-10-01) (65 yosh)
Poʻlot qishlogʻi, Qiziltepa tumani, Buxoro (hozirgi Navoiy viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi image UZB
Millati Oʻzbek
Sohasi shoira, publitsist, jurnalist
Mashhur ishlari „Nigoh qiblasi“
„Yosuman gulining soyasi“
„Tashbeh“

Tarjimayi holi

Halima Ahmedova — 1960-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati)ning Qiziltepa tumani Poʻloti qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni tugatib, 1978–1983-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida, 1988–1991-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini dastlab oʻqituvchilikdan boshlab, Navoiy shahar pedagogika bilim yurtida dars bergan. Jurnalistikaga boʻlgan mehri uni „Do‘stlik bayrog‘i“ gazetasiga yetaklaydi. 1984–1985-yillarda gazeta tahririyatida, 1986–1988-yillari G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan.

1988–1990-yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990–1991-yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg‘armasida, 1994–1998-yillari „Tong yulduzi“ gazetasida ishlagan. 1998-yildan O‘zbekiston radiosida muharrir lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Ijodi

Shoiraning ilk kitobi 1986-yili „Koʻzimning tili“ nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik quyidagi kitoblarni nashrdan chiqargan:

  • 1987-yili „Tungi marvaridgullar“;
  • 1996-yili „Erk darchasi“;
  • 2005-yili „Tiyramoh“;
  • 2007-yili „Afsun“;
  • 2008-yili „Umid soyasi“;
  • 2011-yili „Nigoh qiblasi“;
  • 2012-yili „Shafaq ibodati“;
  • 2013-yili „Yosuman gulining soyasi“;
  • 2016-yili „Yashil“, „Tashbeh“ singari kitoblari nashr etilgan.

Mukofoti

Halima Ahmedova Londonda oʻtkazilgan „Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivali“ning „Adabiy asar“ nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

  1. Halima Ahmedova. Sheʼrlar & Eng katta ustozlarim — oʻqigan kitoblarim & Har bir inson koʻngli — moʻjiza & Umid soyasi
  2. Ahmedova (1960) [sayt ishlamaydi]
  3. Halima Ahmedova haqida batafsil ma'lumotlar

Havolalar

  • Halima Ahmedova she'riyatida takror san'atning lingvopoetik xususiyatlari
  • Halima Ahmedova
  • Taniqli shoira Halima Ahmedova tavallud topgan kun (Wayback Machine saytida 2022-08-30 sanasida arxivlangan)

O‘zbekistonlik jurnalist ayollar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Halima Ahmedova haqida, Halima Ahmedova nima? Halima Ahmedova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan