Malika Ahmedova
- Vikipediyada ismi Malika va familiyasi Ahmedova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Malika Muhamedovna Ahmedova (1950-yil Chimkent viloyati Sayram qishlogʻi) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs boʻlimini (1968), Toshkent davlat jahon tillari institutini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy boʻyoqlarga boyligi, shoʻxchanligi, serjilva va nazokatliligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: „Koʻzim shaxloga tushdi“, „Tamanno“, „Ey dilbari jonon“, „Namangan tanavori“, „Maqom“, „Muhabbat“, „Zarafshon malikasi“, „Nargiz“, „Xayolim senda“ va boshqa „Maysaraning ishi“ (Sulaymon Yudakov), „Zebuniso“ (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan arab, afgʻon, ispan, turk, eron, hind va boshqa xalqlar raqslari oʻrin olgan. Ahmedovaga bagʻishlab „Bu sehrli raqs dunyosi“ videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmeysterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSH, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.
Malika Ahmedova | |
---|---|
Tavalludi | 4-mart 1950-yil Sayram |
Fuqaroligi | ![]() |
Mukofotlari | ![]() |
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Malika Ahmedova haqida, Malika Ahmedova nima? Malika Ahmedova nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!