Haziniy Xoʻqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Haziniy Xoʻqandiy (Зиёвуддинхон Кат-тахожа ўғли Ҳазиний тўра 1867-yilda Qoʻqon yaqinidagi Katta Kena-gas qishlogʻida tugʻilgan – 1923-yilda vafot etgan) – shoir va shayx. Qoʻqondagi Jomeʼ madrasasida tahsil olgan. Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur oʻzlashtirgan. Tasavvuf taʼlimoti bilan izchil shugʻullangan. 30 yoshida murshididan irshod (ta-riqat rahnamoligiga ruxsat) olib, „Haziniy toʻra“ va „Eshonbuva“ nomlari bilan xalq orasida eʼzozlangan, uz davrining yetuk qodiriya tariqati shayxi sifatida eʼtirof etilgan va „Murshidi Fargʻona“ nomiga musharraf – valiy zot boʻlib tanilgan. Dehqonchilik bilan kun kechirgan. Bogʻlar barpo qilgan, binolar qurdirgan. Qabri oʻz qishlogʻi-da. Bu qabr – maqbara va uning atrofidagi obidalar meʼmoriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.

19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida koʻchirilgan koʻplab qoʻlyozma bayozlar va majmualardan Haziniy sheʼrlari oʻrin olgan. 1910—15 yillarda Toshkentning Orifjonov, Porsev va Laxtin matbaalarida „Bayozi Haziniy“ toʻplamlari bir necha bor nashr etilgan.

Haziniy mumtoz sheʼriyat janrlaridan gʻazal, murabbaʼ, muxammas va musaddaslar yozgan. Adabiy merosi 4.000 misra atrofida. Shoir asarlarini gʻoyaviy mavzui boy. Uning tasavvuf ruhidagi asarlarida sof soʻfiyona maʼno va mazmun tarannum etilsa, axloqiy mavzudagi bitiklarida poklik, odamiylik, sahovatpeshalik kabi yuksak insoniy fazilatlar ulugʻlangan.

Haziniyning oʻndan ortiq gʻazallariga muxammas bogʻlangan va naziralar qilingan.

„Bayozi Haziniy“ning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 12665, 14850, 15197). Fargʻona shahrida uy-muzeyi tashkil qilingan, Haziniy nomida jamoa xoʻjaligi, bogʻ, maktab, kutubxonalar bor.

Manbalar

| ]
  • Tasadduq, yo Rasululloh [Sheʼrlar], T., 1992; Devon, T" 1999.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Haziniy Xoʻqandiy haqida, Haziniy Xoʻqandiy nima? Haziniy Xoʻqandiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan