Akmal Xoʻqandiy
Akmal Xoʻqandiy (Mulla Shermuhammad) (XVIII asr 1- yarmi, Fargʻona viloyati, Boytuman qishlogʻi- taxminan 1810-yil, Qoʻqon) – oʻzbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida „Tuhfat ut-tavorix“ (1863, Muhammad Amin Attor), „Majmuai shoiron“, „Tuhfat ul-ahbob fitazkirat ush-ashob“ kabi asarlarda maʼlumot keltirilgan. Akmal Xoʻqandiy Madrasai Mir Qoʻqonda mudarris boʻlgan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turli tarixiy voqealarga bagʻishlab sheʼrlar, shiru shakar uslubida muhammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulugʻlagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni maʼrifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar („Bayozi yangi“, 1911; „Bayozi Muhallo“, 1912; „Armugʻoni Hislat“, 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akmal Xoʻqandiy haqida, Akmal Xoʻqandiy nima? Akmal Xoʻqandiy nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!