Hikmatillo Latipov
- Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Latipov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hikmatillo Latipov (1976-yil 19-aprel, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2020-yil sentyabr oyidan buyon Jalaquduq tumani hokimi.
Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Mansab davri 2020-yil 9-sentyabrdan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Furqat Buzrukov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 19-aprel 1976-yil Izboskan tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
Millati | oʻzbek |
Taʼlim | Toshkent davlat universiteti Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Tarjimai holi
Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov 1976-yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi pedagog, 2001-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini sotsiolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Shuningdek, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini biznes boshqaruvi yoʻnalishini tugatgan. Hikmatillo Latipov ilk ish faoliyatini 2001-yilda Andijon viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi jamlama byudjet boʻlimi iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. U 2004-2007 y yillarda Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi, 2007-2008-yillarda Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish boʻlimi bosh iqtisodchisi, davlat byudjeti va byudjetlararo munosabatlarni tahlil qilish boʻlimi bosh iqtisodchisi, 2008-2009-yillarda Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish va byudjetlararo munosabatlar boʻlimi bosh iqtisodchisi hamda Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi bosh nazoratchi-taftishchisi vazifalarida ishlagan.
Shuningdek, 2009-2012-yillarda Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi, 2012-2013-yillarda Moliya vazirligi Andijon viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻi, 2013-2015-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi, 2015-2017-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish bosh boshqarmasi monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi, 2017-2018-yillarda Hisob palatasi Mahalliy byudjetlarning shakllantirilishi va ijrosi guruhi inspektori, Pul-kredit va valyuta siyosati guruhining yetakchi inspektori, Hisob palatasi Soliq, moliya organlari va soliq toʻlovchilar bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil shoʻbasi mudiri sifatida mehnat qilgan.
2020-yil 9-sentyabridan buyon Jalaquduq tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda .
Manbalar
- „Hisob palatasi shu’ba mudiri Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlandi“ (daryo.uz). Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
- „Андижон вилоятининг яна бир туманига янги ҳоким тайинланди“ (xs.uz). Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
- „Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (gazeta.uz). Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Hikmatillo Latipov haqida, Hikmatillo Latipov nima? Hikmatillo Latipov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!