Mustaqillik ordeni

"Mustaqillik" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994-yil 5-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan taʼsis etilgan.

Mustaqillik ordeni
image image
Asl nomi Мустақиллик ордени
Mamlakat image Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va chet el fuqarolariga
Taqdirlash asosi mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1994-yil 5-may
Birinchi taqdirlash 1996-yil
Navbat
Toʻngʻich mukofot Oliy darajali doʻstlik ordeni
Kenja mukofot Amir Temur ordeni
VikiOmborda Mustaqillik ordeni

Tavsifi

Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlgan Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. „Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.

Nizomi

„Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Mustaqillik“ ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. „Mustaqillik“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Taqdirlanganlar

Manbalar

  1. „Mustaqillik ordeni“. LexUz.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mustaqillik ordeni haqida, Mustaqillik ordeni nima? Mustaqillik ordeni nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan