Inoyatov Baxrom

Baxrom Inoyatov (1917-yil, Toshkent — 1969-yil 18-iyul, Moskva) – aktyor, pedagog, birinchi oʻzbek dirijyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Toshkent konservatoriyasining (A. Kozlovskiy sinfida) dirijyorlik fakultetini (1957) tugatgan. Oʻzbek davlat opera va balet teatri (1948-yildan Navoiy teatri)da dirijyor, 1960—1966-yillarda bosh dirijyor. 1960-yildan Toshkent konservatoriyasida dars bergan. Dastlab „Oqbilak“ (S. Vasilenko, 1943) baleti va „Mahmud Torobiy“ (O. Chishko, 1944) operasining birinchi postanovkalariga dirijyorlik qilgan. Inoyatov repertuarida chet el va oʻzbek kompozitorlarining asarlari bor. „Boʻron“ (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, 1954), „Ulugbek“ (A. Kozlovskiy, 1958), „Gulsara“ (R. Glier, T. Sodiqov, 1963) operalari, „Oqqush koʻli“ (P. Chaykovskiy, 1956), „Maskarad“ (L. Laputin, 1958), „Suhayl va Mehr“ (M. Leviyev, 1968) baletlari va boshqa spektakllarni sahnalashtirishda faol ishtirok etgan, chet el operalarining oʻzbek tiliga tarjimasi muallifi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Inoyatov Baxrom haqida, Inoyatov Baxrom nima? Inoyatov Baxrom nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan