Rustam Inoyatov
| Inoyatov Rustam Rasulovich | |
|---|---|
| Mansab davri 2018-yil 31-yanvardan – 2021-yil 15-noyabrgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Otabek Murodov |
| Vorisi | Baxtiyor Islomov |
| Mansab davri 1995-yil 27-iyundan – 2018-yil 31-yanvargacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Gʻulomjon Aliyev |
| Vorisi | Ixtiyor Abdullayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 22-iyun 1944-yil Sherobod Surxondaryo |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1968—2018 |
| Unvoni | General-polkovnik |
Inoyatov Rustam Rasulovich (22-iyun 1944-yilda tugʻilgan) — 1995-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, 2018-yildan 2021-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
Faoliyati
| ]1968-yilda Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetini „eronshunos“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, fors tillarini mukammal biladi. Oʻqishni bitirgach, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan.
1972-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB)ga xizmatga qabul qilingan.
1976-1981-yillarda — SSSRning Afgʻonistondagi vatandoshlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi.
1981-1991-yillarda — SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Birinchi bosh boshqarmasi (tashqi razvedka xizmati) xodimi.
1991-1995-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari.
1995-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.
2018-yil 31-yanvardan 2021-yil 15-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi
1992-yilda General-mayor, 1996-yilda General-leytenant, 1999-yilda esa General-polkovnik oliy harbiy unvoni berilgan.
1999-2020 yillarda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi prezidenti
Oilasi
| ]Otasi — Rasul Inoyatov (marhum), OʻzSSR sogʻliqni saqlash vazirligi kadrlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
Turmush oʻrtogʻi — Flora Inoyatova (qizlik familiyasi ham Inoyatova), professor. Toshkent farmatsevtika instituti kafedra mudiri. Uning ukasi Ulugʻbek Inoyatov, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi aʼzosi, sobiq xalq taʼlimi vaziri.
Qudasi — Botir Parpiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining sobiq raisi.
Qudasi — Saidahmad Rahimov, Oʻzbekiston sobiq moliya vaziri.
Oʻgʻli — Sharif Inoyatov, tadbirkor. „Metropol Group“ mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschilaridan biri.
Kuyovi — Bobur Parpiyev, Orient Finans Bank asoschisi, tadbirkor.
Manbalar
| ]- Отабек Муродов назначен Генеральным прокурором | Pravda Vostoka Online, 2018-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-01
- http://lex.uz/pdfs/3727138
- „Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketdi“. 2024-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
- „Glava SNB Uzbekistana osvobojden ot doljnosti“. 2018-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
- https://m.kun.uz/news/2021/11/15/rustam-inoyatov-prezident-maslahatchisi-lavozimidan-ketdi
- „Inoyatov Rustam Rasulovich“. 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-sentyabr.
- R. Inoyatovni mukofotlash toʻgʻrisida
- „Рустам Иноятов Ўзбекистон теннис федерацияси раиси лавозимини тарк этди“.
- „MXX raisi Inoyatovning rafiqasi davlat mukofoti oldi“ (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 27-dekabr 2022-yil.
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1944-yilda tugʻilganlar
- Sherobodda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari
- Amir Temur ordeni sohiblari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil medali sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil medali sohiblari
- Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati rahbarlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston davlat arboblari
- KGB ofitserlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Maxsus xizmatlar rahbarlari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari
- Oʻzbekiston mahsus xizmat kishilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rustam Inoyatov haqida, Rustam Inoyatov nima? Rustam Inoyatov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!