Ishkoshim tizmasi
Ishkoshim tizmasi – Pomir togʻli oʻlkasining janubi-gʻarbidagi (Tojikiston) Shoxdara tizmasining gʻarbiy davomi. Shimolda Xorugʻ shahri yaqinidan janubda Panj daryosining oʻng sohili boʻylab (meridianal yoʻnalishda) davom etadi. Uzunligi 100 km chamasida. Eng baland joyi 6096 m (Mayakovskiy choʻqqisi). Hozirgi zamon muzliklari bor. Uchlamchi davr alp burmalanishida koʻtarilgan. Asosan, gneys, amfibolit va boshqa metamorfik jinslardan tuzilgan. Yon bagʻirlarida dasht va choʻl oʻsimliklari oʻsadi, chuqur vodiylarda onda-sonda archa uchraydi. Qaynoq mineral buloqlar bor. Gʻarmchashma bulogʻi atrofi balneologik kurort hisoblanadi.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Tojikiston geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Tojikiston geografiyasiga oid chala maqolalar
- Tojikiston togʻ tizmalari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ishkoshim tizmasi haqida, Ishkoshim tizmasi nima? Ishkoshim tizmasi nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!