Jahon hamjamiyati
Jahon hamjamiyati - jahonda mavjud davlatlarning hozirda insoniyat oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda, umoʻmiy maqsad yoʻlida faoliyat koʻrsatishda birligini anglatuvchi tushuncha. J. h. barcha davlatlarning suveren tengligi xalqaro hoʻquqiy tamoyiliga asoslangan. J. h. xalqaro hoʻqoʻqda tashkilot hisoblanmaydi. J. h.ni aks ettiruvchi universal tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkilotidir. Oʻzbekiston 1992 y. 2 martdan BMTning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanishicha, "Oʻzbekiston Respoʻblikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyektidir". Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini J. h.ning bir qismi, deb biladi, u insoniyat oldida turgan muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jahon hamjamiyati haqida, Jahon hamjamiyati nima? Jahon hamjamiyati nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!