Jahongir Ortiqxoʻjayev

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Ortiqxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Jahongir Ortiqxoʻjayev – Toshkent shahrining sobiq hokimi. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, Grand Road Tashkent, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan.

Jahongir Ortiqxo’jayev
image
image
 Toshkent shahri hokimi
image
 
Mansab davri
2018-yil 21-dekabrdan
(2018-yil 26-apreldan v.b.) – 2023-yil 16-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rahmonbek Usmonov
Vorisi Bahtiyor Rahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-yanvar 1975-yil (1975-01-02) (50 yosh)
Kasbi iqtisodchi
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari imageimage

Biografiyasi

1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

1991—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

2011-yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.

2020-yildan – Oʻzbekiston yoga federatsiyasi prezidenti.

2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.

2018-yil 14-sentyabrida Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan. 2023-yil 30-yanvar kuni senatorlar qatoridan chiqarildi.

Mukofotlari

2015-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.

2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonini oldi.

Oilasi

Turmush oʻrtogʻi – Nigora Ortiqxoʻjayeva, „J-United Group“ kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi. 5 nafar farzandi bor: Zulfiya, Iroda, Robiya, Komila, Adnan.

Qizi – Iroda, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.

Qizi – Komila, 2021-yilda turmushga chiqqan, „Ocard“ MChJ (Ocard va Blanc Bleu brendlari ostidagi ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxona) rahbari.

Manbalar

  1. „Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olindi“. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  2. „Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olindi“. https://kun.uz. Kun.uz.
  3. „​Toshkent shahriga yangi hokim tayinlandi“. https://kun.uz. Kun.uz.
  4. „Toshkent hokimi etib biznesmen tayinlandi“. ИА REGNUM (2018-yil 26-aprel). Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
  5. Jahongir Ortiqxoʻjayev[sayt ishlamaydi]
  6. Jahongir Ortiqxoʻjayev Senat a'zosi etib saylandi
  7. https://xabar.uz/ru/siyosat/jahongir-ortiqxojaev-senato
  8. „О награждении в связи с двадцать четвертой годовщиной Независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих и работников производственной и социально-экономической сфер“. УзА (2015-yil 27-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.

Havolalar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jahongir Ortiqxoʻjayev haqida, Jahongir Ortiqxoʻjayev nima? Jahongir Ortiqxoʻjayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan