Jamoliddin Boʻronov
Jamoliddin Boʻronov (1933.10.9, Shahrixon tumani) – tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). Filologiya fanlari doktori (1981), professor (1983). Andijon pedagogika bilim yurtini (1952), Toshkent chet tillar pedagogika institutini (1956) tugatgan. Shu institutda oʻqituvchi (1956 – 57), katta oʻqituvchi, dekan oʻrinbosari (1961—62), dotsent, kafedra mudiri (1962—68; 1970-84), rektori (1984—1992-yil 15-may). 1992-2002-yillar Oʻzbekiston jahon tillari universiteti rektori. 2002-yildan shu universitetning tillar tipologiyasi, germanistika va ingliz tili tarixi kafedrasi mudiri. Buning asosiy ilmiy ishlari ger-man va turkiy tillarning diaxronik hamda sinxronik rivojidagi oʻziga xoyeliklarni tipologik tahlil qilishga, german va turkiy tillar leksikografiyasi masalalariga bagishlangan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Asarlari
| ]- Ingliz va oʻzbek tillari qiyosiy grammatikasi. Toshkent, „Oʻqituvchi“, 1973
- Ingliz tili grammatikasi (Boʻronova va Toshboyeva bilan hamkorlikda). Toshkent, „Oʻqituvchi“, 1978
Manbalar
| ]- „„Xalq so‘zi" gazetasi 1997-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining olti yilligi munosabat bilan fan, madaniyat, ma`rifat, ommaviy axborot vositalari va ijodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).+2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-oktyabr.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- 1933-yilda tugʻilganlar
- 10-sentyabrda tugʻilganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jamoliddin Boʻronov haqida, Jamoliddin Boʻronov nima? Jamoliddin Boʻronov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!