Jamoliddin Xojiniyozov
![]() 2018 yil Xojiniyozov Ural Ekaterinburg jamoasi tarkibida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jamoliddin Abduhalitovich Xojiniyozov | ||
| Tavallud sanasi | 18-iyul 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Bayramali, Turkmaniston | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Surkhon Termiz | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Chilonzor Toshkent | |||
| 2008–2012 | Konoplyov football academy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2015 | Zenit Saint Petersburg | 2 | (0) |
| 2013—2015 | → Zenit-2 Saint Petersburg | 8 | (0) |
| 2014 | → Amkar Perm (ijara) | 1 | (0) |
| 2015—2017 | AGF | 36 | (1) |
| 2017—2018 | Dynamo Saint Petersburg | 8 | (0) |
| 2018 | Baltika Kaliningrad | 2 | (0) |
| 2018 | Ural Yekaterinburg | 1 | (0) |
| 2019 | BATE Borisov | 2 | (0) |
| 2019—2022 | Sumgayit | 64 | (4) |
| 2022—2024 | Akron Tolyatti | 34 | (0) |
| 2024— | Surkhon Termiz | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2012 | Rossiya U16 | 5 | (0) |
| 2012—2013 | Rossiya U17 | 24 | (1) |
| 2014–2015 | Rossiya U19 | 12 | (0) |
| 2014–2016 | Rossiya U21 | 12 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 25-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 14-noyabr uchun) | |||
Jamoliddin Abduhalitovich Xojiniyozov (ruscha: Джамалдин Абдухалитович Ходжаниязов; turkmancha: Jamaldin Abduhalitowiç Hojanyýazow; 1996-yil 18-iyul, Bayramali) – Turkmanistonlik va rossiyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning „Surxon Termiz“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik foaliyati
| ]Xodjaniyozov Turkmanistonning Bayramali shahrida tugʻilgan. U rus tilini yaxshi biladi.
Klub faoliyati
| ]Toshkent shaharidagi Chilonzor sport maktabi bitiruvchisi. Uning birinchi murabbiyi Gregoriy Rozyev edi. U „Akademya Tolyatti“ yoshlar klubida ham oʻynagan. 2012-yilning qishida u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga koʻchib oʻtdi va 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 26-iyulida u „Kuban Krasnodar“ga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazgan.
U 2015-yil 31-avgustda Daniyaning AGF klubiga qoʻshildi, „Zenit“ jamoasi esa qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2017-yilning iyulida bekor qilingan. 2017-yil 2-dekabrda u Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Rossiyaga qaytib kelgan. 2018-yil 16-iyunda u Baltika Kaliningradga koʻchib oʻtdi. 2018-yil 27-iyulda „Baltika“ tarkibida atigi ikki liga oʻyin oʻtkazganidan soʻng u Rossiya Premyer-ligasi klubi „Ural Yekaterinburg“ bilan shartnoma imzolagan. „Ural“ jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazgan (biri ligada, ikkinchisi Rossiya kubogida) va keyinchalik uning shartnomasi 2019-yil 29-yanvarda oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.
2019-yil 11-mart kuni Xoʻjaniyozov Belarusning BATE Borisov klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir necha oy oʻtib, 2019-yilning avgustida u Ozarbayjonning „Sumgayit“ klubiga oʻtgan.
Terma jamoadagi faoliyati
| ]U 2012-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynashni boshlagan. Shu bilan u Viktor Bannikov xotirasiga bagʻishlangan turnirda ishtirok etib, toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan. Turnirda jamoa finalda Ukrainaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi safida 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga borgan. Birinchi oʻyinda Jamoliddin Rossiya uchun birinchi golini kiritgan. Ushbu turnirda u barcha beshta oʻyinni oʻtkazdi va Rossiya U-17 terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan. U 2013 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Rossiya milliy terma jamoasini 2015-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida himoya qildi, u yerda Rossiya ikkinchi oʻrinni egallagan. Xojiniyozov bugungi kunda kattalar terma jamoasida halik debyut qilmagan va Rossiya yoki Turkmaniston terma jamoalaridan birining tarkibida oʻynashi mumkun.
Faoliyat statistikasi
| ]- 25 May 2024
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Zenit Saint Petersburg | 2013–14 | Rossiya Premyer-ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 |
| 2014–15 | Rossiya Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | |
| Jami | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | ||
| Zenit-2 Saint Petersburg | 2013–14 | Jami | 0 | – | – | 2 | 0 | |||
| Amkar Perm (ijara) | 2013–14 | Rossiya Premyer-ligasi | 1 | 0 | – | – | 1 | 0 | ||
| Zenit-2 Saint Petersburg | 2014–15 | Rossiya ikkinchi ligasi | 5 | 0 | – | – | 5 | 0 | ||
| 2015–16 | Rossiya birinchi ligasi | 1 | 0 | – | – | 1 | 0 | |||
| Jami | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | ||
| AGF | 2015–16 | Danish Superliga | 15 | 0 | 3 | 0 | – | 18 | 0 | |
| 2016–17 | Danish Superliga | 21 | 1 | 3 | 0 | – | 24 | 1 | ||
| Jami | 36 | 1 | 6 | 0 | 0 | 0 | 42 | 1 | ||
| Dynamo Saint Petersburg | 2017–18 | Rossiya birinchi ligasi | 8 | 0 | – | – | 8 | 0 | ||
| Baltika Kaliningrad | 2018–19 | Rossiya birinchi ligasi | 2 | 0 | – | – | 2 | 0 | ||
| Ural Yekaterinburg | 2018–19 | Rossiya Premyer-ligasi | 1 | 0 | 1 | 0 | – | 2 | 0 | |
| BATE Borisov | 2019 | Belarusiya Premyer-ligasi | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
| Sumgayit | 2019–20 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 16 | 0 | 2 | 0 | – | 18 | 0 | |
| 2020–21 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 23 | 3 | 4 | 0 | 1 | 0 | 28 | 3 | |
| 2021–22 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 25 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 29 | 1 | |
| 2022–23 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 0 | 0 | – | – | 0 | 0 | |||
| Jami | 64 | 4 | 8 | 0 | 3 | 0 | 75 | 4 | ||
| Akron Tolyatti | 2022–23 | Rossiya birinchi ligasi | 25 | 0 | 6 | 0 | – | 31 | 0 | |
| 2023–24 | Rossiya birinchi ligasi | 9 | 0 | 2 | 0 | – | 11 | 0 | ||
| Jami | 34 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 42 | 0 | ||
| Career total | 158 | 5 | 25 | 0 | 5 | 0 | 188 | 5 | ||
- Appearance in the UEFA Champions League
- Appearances in the UEFA Europa Conference League
Yutuqlar
| ]Klub
| ]- Zenit Saint Petersburg
- Rossiya premer-ligasi gʻolibi : 2014–15
Terma jamoa
| ]- 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasi bilan gʻolib boʻlgan.
Eslatmalar
| ]- Appearances in the UEFA Europa League
Manbalar
| ]- „Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди“ (2024-yil 24-iyul).
- „"...А потом отключили свет". Сборным России и Швеции не дали выяснить, кто сильнее. Пока – в теннисе“. sovsport.ru. 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- „Юноши России: Пять неизвестных финалистов Евро-2013 - Статьи - Советский Спорт“. sovsport.ru. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- „Защитник "Академии" Ходжаниязов перешел в "Зенит" - Футбол - Sports.ru“. sports.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- „Ходжаниязов: выход в основе — большая честь для меня“. championat.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- „Спаллетти: абсолютно уверен в отличном будущем Ходжаниязова“. championat.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- Luciano Spalletti: "We deserved a better result
- „ru:Джамал Ходжаниязов присоединился к «Орхусу»“ (Russian). FC Zenit Saint Petersburg (2015-yil 31-avgust).
- AGF ophæver med russisk stopper‚ bold.dk, 28 July 2017
- „ru:Чемпион Европы - в "Динамо"!“ (Russian). FC Dynamo St. Petersburg (2017-yil 2-dekabr). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-dekabr.
- „ru:ЗАКЛЮЧИЛИ КОНТРАКТ С ХОДЖАНИЯЗОВЫМ“ (Russian). FC Baltika Kaliningrad (2018-yil 16-iyun).
- „ru:"Урал" заключил контракт с Джамалдином Ходжаниязовым“ (Russian). FC Ural Yekaterinburg (2018-yil 27-iyul).
- „ru:Джамалдин Ходжяниязов покинул "Урал"“ [Dzhamaldin Khodzhaniyazov left Ural] (Russian). FC Ural Yekaterinburg (2019-yil 29-yanvar).
- „ru:Джамалдин Ходжаниязов — игрок БАТЭ!“ [Dzhamaldzin Khodzhaniyazov is a BATE player] (Russian). FC BATE Borisov (2019-yil 11-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-may.
- „FC Zenit official website“. fc-zenit.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- „FC Zenit official website“. fc-zenit.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- uefa.com „Under-17 - News – UEFA.com“. uefa.com (2013-yil 20-may). Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
Havolalar
| ]- Jamoliddin Xojiniyozov – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Jamoliddin Xojiniyozov Soccerway saytida
- Jamoliddin Xojiniyozov FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 18-iyulda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Bayramalida tugʻilganlar
- FootballFacts.ru template with ID Vikimaʼlumotlardagisidan farqli boʻlgan sahifalar
- Yashayotgan insonlar
- Uygʻur sportchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Rossiya birinchi ligasi futbolchilari
- Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari
- Daniya Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari
- Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
- FC Zenit-2 Sankt-Peterburg futbolchilari
- FC Amkar Perm futbolchilari
- Aarhus Gymnastikforening futbolchilari
- FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari
- FC Baltika Kaliningrad futbolchilari
- FC Ural Yekaterinburg futbolchilari
- FC BATE Borisov futbolchilari
- Sumgayit FK futbolchilari
- FC Akron Tolyatti futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jamoliddin Xojiniyozov haqida, Jamoliddin Xojiniyozov nima? Jamoliddin Xojiniyozov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!