Jasurbek Yaxshiboyev
Jasurbek Yaxshiboev (Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboyev; 1997-yil 24-iyunda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Eronning „Nassaji Mazandaran“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri, hujumchisi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboev | ||
Tavallud sanasi | 24-iyun 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Chinoz Toshkent viloyati | ||
Boʻyi | 1.80 cm (1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Vazni | 75 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nassaji Mazandaran | ||
Raqami | TBD | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2020 | Paxtakor | 46 | (3) |
2019 | → AGMK | 9 | (0) |
2020 | → FC Energetik-BGU Minsk | 14 | (9) |
2020 | → FC Shakhtyor Soligorsk | 13 | (7) |
2021—2022 | Legia Warsaw | 1 | (0) |
2021—2022 | FC Sheriff Tiraspol | 6 | (1) |
2022—2023 | Navbahor | 26 | (6) |
2024 | Ordabasi | 17 | (10) |
2025— | Nassaji Mazandaran | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (1) |
2017—2020 | Oʻzbekiston U-23 | 26 | (10) |
2018— | Oʻzbekiston | 9 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klub faoliyati
Yaxshiboyev 1997-yil 24-iyunda Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Chinoz shaharchasida tugʻilgan. U 7 yoshida Toshkentning „Paxtakor“ yoshlar tizimiga qoʻshilgan.
Yaxshiboev professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan va qisqa vaqt ichida Toshkentning „Paxtakor“ asosiy jamoasining oddiy futbolchisiga aylangan. 2019 yilning iyul oyida u Oʻzbekiston Superligasi mavsumining ikkinchi yarmi uchun AGMK jamoasiga ijaraga berilgandi. 2020 yilda Yaxshiboev bir mavsumga ijara asosida Belarusning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi. 2020-yil 19-mart kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda Yaxshiboev oʻzining debyut oʻyinida boʻlgan klub uchun 2 ta gol urdi. 2021-yil 13-fevralda u Ekstraklasa ligasi klubi Legia Varshava bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U „Visla Krakov“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2021-yil 30-avgustda Moldovaning „Sherif Tiraspol“ klubiga ijara asosida oʻtdi. 2021-yil 28-sentabrda u UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Real Madrid“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, birinchi golni urdi.
2022-yilning 5-iyulida Yaxshiboyev „Legiya“ bilan shartnomasini oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilgan. 2022-yilning 16-iyulida Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yil 7-noyabr „Navbahor“ jamoasini tark etgani maʼlum qilingan.
2024-yil 7-fevralda Qozogʻiston Premyer ligasi amaldagi chempioni „Ordabasi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.
Terma jamoadagi faoliyat
2016-yilda 20 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2016-yildan 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilning yanvar oyida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqasida gʻolib chiqdi.
Yaxshiboyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2018-yilning 18-may kuni Xitoy kubogi turnirida Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
Klub Statistikasi
Klub
- 2021-yil 28-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra.
Club | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Paxtakor Toshkent | 2016 | Oʻzbekiston Superligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
2017 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 0 | ||
2018 | Oʻzbekiston Superligasi | 27 | 3 | 4 | 2 | 1 | 0 | — | 32 | 5 | ||
2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 6 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 9 | 0 | ||
Jami | 46 | 3 | 5 | 2 | 4 | 0 | — | 55 | 5 | |||
AGMK (ijara) | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 9 | 0 | 1 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||
Energetik-BGU (ijara) | 2020 | Belarus Premyer-ligasi | 14 | 9 | 0 | 0 | — | — | 14 | 9 | ||
Shakhtyor Soligorsk (ijara) | 2020 | Belarus Premyer-ligasi | 13 | 7 | 1 | 2 | 1 | 0 | — | 15 | 9 | |
Legia Warsaw | 2020-21 | Ekstraklasa | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
Sheriff Tiraspol (ijara) | 2021-22 | Moldovan National Division | 4 | 1 | 0 | 0 | 2 | 1 | — | 6 | 2 | |
Umumiy | 88 | 20 | 7 | 4 | 7 | 1 | — | 102 | 25 |
Xalqaro
- 2020 yil 8 oktyabrda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra
Terma jamoa | Yillar | Oʻyin | Gollar |
---|---|---|---|
Oʻzbekiston | 2018 | 1 | 0 |
2019 | 0 | 0 | |
2020 | 2 | 0 | |
2021 | 0 | 0 | |
Total | 3 | 0 |
Yutuqlari
- AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 chempionati gʻolibi : 2018
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori : 2017
- Belarus chempioni : 2020
- Polsha chempioni : 2020/21
- Moldova chempioni : 2021/22
Manbalar
- „"Сказали про Юревича: "Есть дедушка, который сделает из тебя футболиста". Джасурбек Яхшибоев — о том, как оказался в Беларуси“. 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
- „Djasurbek Yakshiboev v „Energetike“-BGU“. 2022-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
- „Energetik“ arendoval 22-letnego geniya iz „Paxtakora“. V pervom je matche on polojil dvushku BATE
- Jasur Yakshibaev zawodnikiem Legii
- Bez goli przy Łazienkowskiej. Legia – Wisła Kraków 0:0
- „Piłkarz wypożyczony z Legii Warszawa do uczestnika Ligi Mistrzów“. sport.interia.pl. Legia Warszawa. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
- https://globalsportsarchive.com/people/soccer/jasur-yaxshiboyev/149488/
- „Real Madrid-Sheriff | UEFA Champions League“.
- „Rozwiązanie kontraktu z Jasurem Yakshibaevem“ (pl). Legia Warsaw (2022-yil 5-iyul).
- „Jasur Yaxshiboyev w Navbahorze Namangan“. www.90minut.pl. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- „Jasur Yaxshiboev "Navbahor"dan ketdi“ (2023-yil 7-noyabr).
- „Rasman: Jasur Yaxshiboev yangi mavsumni Qozog'iston chempionatida boshlaydi!“ (2024-yil 7-fevral).
- „Iran vs. Uzbekistan“.
- Jasurbek Yaxshiboyev Soccerway saytida. Qaralgan sana: 9 September 2021.
- „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- „Денисов, Яхшибоев, Шацких, Насимов ёхуд чемпион легионерларимиз ҳақида“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
Havolalar
- Jasurbek Yaxshiboyev
- Jasurbek Yaxshiboyev worldfootball.net saytida
- Jasurbek Yaxshiboyev Soccerway saytida
- Jasurbek Yaxshiboyev Transfermarkt saytida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jasurbek Yaxshiboyev haqida, Jasurbek Yaxshiboyev nima? Jasurbek Yaxshiboyev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!