Joʻraxon Yusupov
- Vikipediyada ismi Joʻraxon va familiyasi Yusupov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Joʻraxon Yusupov (1905 Shahrixon — 1994.30.5) — xonanda, sozanda (gʻijjak, skripka). Oʻzbekiston xalq hofizi (1940). Baland, keng diapazonli, shirali ovoz sohibi. Katta ashula yoʻllarini va sozandalikni Madraim qori, Nurulla qori, Abdurahim qori, Karim oxunlardan oʻzlashtirib, keyinchalik ular bilan hamnafaslik qilgan. Katta Fargʻona kanali, Farhod GRESi va boshqalar qurilishlarda, xalq sayili va bayramlarda madaniy xizmat qilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—42). Yangiyoʻl teatrida xonanda (1943—44). Shahrixonda katta ashula ijro mahorati maktabiga asos solib, Odiljon Yusupov, N.Saidnazarov, E.Yusupov, I.Oxunov va boshqalar hofizlarga ustozlik qilgan. Ijro uslubiga ravonlik, keng nafas, taʼsirchanlik xosdir (shu bois, Joʻrafason taxallusini olgan). Repertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Dogʻman", "Bir kelsun", "Ey dilbari jonon", "Judo qilma" va boshqalar), mumtoz ashula va Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Chorgoh", "Segoh", "Dugoh" va boshqalar) oʻrin olgan. Koʻpgina xalq ijodiyoti festival va tanlovlarining sovrindori.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Joʻraxon Yusupov haqida, Joʻraxon Yusupov nima? Joʻraxon Yusupov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!