Shamsiddin Vohidov
| Shamsiddin Vohidov | |
![]() | |
| Tugʻilgan sanasi: | 11-yanvar 2002-yil |
| Tugʻilgan joyi: | |
| Unvoni: | Grossmeyster (2020), xalqaro usta (2016) |
| Maksimal reytingi: | 2536 (2021-yil) |
| Hozirgi reytingi : | 2552 |
| Mukofotlari: | |
Shamsiddin Vohidov (2002-yil 11-yanvar) – oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).
Tarjimai hol
| ]2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan olamshumul gʻalabaga erishdi. 2021-yilda u onlayn shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va FIDE jahon Kubkasiga saralanib olindi. 2021-yil Sochida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1-raundida Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlub etgan, 2-raundda esa Sergey Karyakinga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.
2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida Shamsiddin Vohidov FIDE Grand Shveysariya turnirida 89-oʻrinni egalladi.
Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Shamsiddin Vohidovga 2016-yilda xalqaro usta (IM) va 2020-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlarini berdi.
Manbalar
| ]- Chess Ratings (01.07.2022 16:06:22)
- „Shamsiddin Vokhidov clinches Asian Hybrid Championship title“. 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- „2021 FIDE Chess.com Grand Swiss“. 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
Havolalar
| ]- FIDE saytida Shamsiddin Vohidovning shaxsiy kartochkasi
- Shamsiddin Vohidovning Chessgames.com maʼlumotlar bazasidagi shaxmat surishlari
- Shamsiddin Vohidovning shaxsiy kartochkasi 365chess.com saytida
- Shamsiddin Vohidovning Butunjahon yoshlar olimpiadalaridagi shaxmat dona surishlari
- Shamsiddin Vohidovning oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi chiqishlari
- Shamsiddin Vohidovning Osiyo chempionatlaridagi namoyishlari
- 11-yanvarda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Shaxmatchilar
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shamsiddin Vohidov haqida, Shamsiddin Vohidov nima? Shamsiddin Vohidov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!