Kozim Toʻlaganov
Toʻlaganov Kozim Nosirovich – Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005). "Shuhrat" medali sohibi (1994).
| Toʻlaganov Kozim Nosirovich | |
|---|---|
Тўлаганов Козим Носирович | |
| Toshkent viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2004-yildan – 2005-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ummat Mirzaqulov |
| Vorisi | Mirzamashrab Kuchchiyev |
| Toshkent shahri hokimi | |
| Mansab davri 1994-yildan – 2001-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Adhambek Fozilbekov |
| Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-iyul 1949-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
Maʼlumoti – oliy.
1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.
1966—1971 yy. – Toshkent politexnika institutining talabasi.
1971—1972 yy. – Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.
1972—1976 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.
1976—1979 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.
1979—1983 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.
1983—1986 yy. – Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri.
1986—1988 yy. – Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
1988—1990 yy. – „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.
1990—1991 yy. – Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.
1991—1992 yy. – Oʻzbekiston qurilish vaziri.
1992—1994 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
1994—2001 yy. – Toshkent shahar hokimi.
2001—2004 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.
2004—2005 yy. – Toshkent viloyati hokimi.
2007—2009 yy. – „Trest-12“ OAO – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi.
2010—2016 yy. – „Trest-12“ OAJ – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muhandisi.
2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosari.
Manbalar
- „Rahbariyat | Qurilish vazirligi“. 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
- „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).[sayt ishlamaydi]
- PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kozim Toʻlaganov haqida, Kozim Toʻlaganov nima? Kozim Toʻlaganov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!