Muxtor Ashrafiy

Muxtor Ashrafovich Ashrafiy (1912.11.6, Buxoro – 1975.15.12, Toshkent) – kompozitor, dirijyor. Oʻzbek operasi asoschilaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1939).

Muxtor Ashrafovich Ashrafiy
image
Tavalludi 6-noyabr 1912-yil
Buxoro, Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 15-dekabr 1975-yil(1975-12-15)
(63 yoshda)
Janrlar Opera
Kasbi kompozitor, dirijyor.
Fuqaroligi Buxoro xonligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, SSSR va Rossiya Imperiyasi

Taʼlim

Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida tahsil olgan (1928—1930). Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. S. Shexter, M. O. Shteynberglardan taʼlim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik boʻyicha tugatgan (1948).

Mehnat faoliyati

1930-yildan Oʻzbek musiqali teatri, keyinchlik Navoiy nomidagi Oʻzbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori (1967—1971), 1944-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi, professor (1953-yildan), rektori (1947–62; 1971—1975). Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori (1964—1966).

Ijodi

Birinchi asari – „Sodrash“ marshi T. Sodiqov va Sh. Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Ustozi S. N. Vasilenko bilan hamkorlikda ilk oʻzbek operalari „Boʻron“ (Komil Yashin librettosi, 1939) va „Buyuk kanal“ (Komil Yashin va Mamajon Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. „Qahramonlik“ (1942), „Gʻoliblarga shon-sharaflar“ (1944) simfoniyalari, „Dilorom“ (Komil Yashin va M. Muhamedov librettosi, 1958), „Shoir qalbi“ (I. Sulton librettosi, 1960—1961) operalari, „Sevgi tumori“ (1969), „Matonat“ (1971), „Muhabbat va qilich“ (1973) baletlari, „Rustam haqida doston“ (1975, „Shohnoma“ asosida) oratoriyasi oʻzbek musiqa madaniyatiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. „Vaqt taronasi“ kantatasi (1952), „Bahor yeli“ (1937), „Nasriddin Buxoroda“ (B. Arapov bilan hamkorlikda, 1942), „Opa-singil Rahmonovalar“ (1954), „Natashaxonim“ (1965), „Koniyut gʻorining siri“ (1967), „Semurgʻ“ (1972), „Gang uzra tong“ (1975) kabi kinofilmlarga musiqa yozgan, sim-fonik poema va syuitalar yaratgan. „Dilorom“ operasi asosida birinchi oʻzbek film-operasi yaratildi.

Mukofotlari

„Hamza“ nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) hamda J. Neru (1971), J. A. Nosir (1972) xalqaro mukofotlari laureati.

Oilasi

  • Qizi — Muqaddima (1936—2013), sharqshunos
  • Oʻgʻli — Firuz (1937—2009), arxitektor
  • 4 nafar nabirasi bor.

Nomini abadiylashtirish

Toshkent konservatoriyasi va Toshkentdagi koʻchalardan biriga Ashrfiy nomiga berilgan. Toshkentda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi tashkil qilingan. Shuningdek, Buxoro markazida uning nomi bilan ataladigan koʻcha bor. Abdurauf Fitrat asos solgan musiqa maktabi hozirgi kunda Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga aylantirilgan va unga Muxtor Ashrafiy nomi berilgan.

Manbalar

  1. „Мир Мухтара Ашрафи, к столетию со дня рождения | Pisma o Tashkente“. 6-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2023-yil.
  2. „Muxtor Ashrafiy xotirasiga bagʻishlandi“ (oʻzbekcha). Uza.uz. Qaraldi: 27-avgust.

Adabiyotlar

As: Oʻzbek qushiqlari, T., 1939; Vto-raya simfoniya, M., 1942, Pervaya simfoniya („Geroicheskaya“), M., 1945; Kantata „Oʻzbekiston“, T., 1948; Tadjikskaya tansevalnaya syuita, M., 1957; Arii iz operi „Dilorom“, T., 1972; „Amulet lyubvi“, klavir, T., 1973; Muzika v mosi jizni, T., 1975.Ad..Djabbaro v A., Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Pekker Ya. B., Oʻzbekskaya opera, M., 1984.




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muxtor Ashrafiy haqida, Muxtor Ashrafiy nima? Muxtor Ashrafiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan