Krasnovodsk uyezdi
Krasnovodsk uyezdi – 1882—1925-yillarda mavjud boʻlgan Kaspiyorti viloyati, Turkman viloyati va Turkmaniston SSR tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birligi. Uyezd markazi – Krasnovodsk shahri.
Uyezd | |
---|---|
Tegishli | Kaspiyorti viloyati |
Maʼmuriy markazi | Krasnovodsk |
Asos solingan sanasi | 1882-yil |
Aholi (1897-yil) | 53 800 kishi |
Maydoni | 125,2 ming km² (1897) km² |
Xaritada |
Tarixi va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
Kaspiyorti (1921-yildan Turkman) viloyati tarkibidagi Krasnovodsk uyezdi 1882-yilda 1870-yildan beri mavjud boʻlgan Krasnovodsk pristavligidan tashkil qilinadi. 1890-yilda uyezd 2 ta pristavlikka boʻlingan: Qoraqal’a (markazi – Qoraqal’a mudofaa inshooti) va Chikishlar (markazi – Chikishlar mudofaa inshooti). 1917-yilda pristavliklar uchastka komissarliklari deb atala boshlaydi. 1917-yil aprelda Cheleken uchastka komissarligi tashkil etiladi. 1918-yilda Qoraqal’a Qoraqal’a uchastka komissarligi Poltoratskka oʻtkaziladi.
1919-yilda uchastka komissarligi tugatiladi. Ashxobod uyezdida 4 ta tuman tashkil etiladi:
- Jabal (markazi – Jabal stansiyasi);
- Kazakjik (markazi – Kazanjik q.);
- Primorsk;
- Chikishlar (markazi – Chikishlar).
1920-yil aprelda tumanlar boʻlislar shaklida qayta tashkil etiladi, ularning soni 6 taga yetadi: Cheleken va Shix boʻlislari qoʻshiladi. Oʻsha yilning iyun oyida Chikishlar Hasanquli deb qayta nomlanadi, ikki oydan keyin Primorsk boʻlisi Qirgʻiz ASSRga oʻtkaziladi.
1924-yil oktyabrda Krasnovodsk uyezdi Turkmaniston SSR tarkibiga, oʻsha yilning dekabr oyida Poltoratsk okrugining qismiga aylanadi. 1925-yil yanvarida uyezd tugatiladi, uning hududida tumanlar tashkil etiladi.
Aholisi
1897-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uyezdda 53,8 ming kishi yashagan. Shu jumladan turkmanlar – 62,4%; qozoqlar – 19,3%; ruslar – 9,7%; forslar – 3,4%, armanlar – 1,8%; ukrainlar – 1,0%. Krasnovodsk shahrida 6 322 kishi yashagan.
Manbalar
- Vsemirniy istoricheskiy proekt (Wayback Machine saytida 2010-12-27 sanasida arxivlangan)
- „Демоскоп Weekly — Приложение. Справочник статистических показателей“. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Krasnovodsk uyezdi haqida, Krasnovodsk uyezdi nima? Krasnovodsk uyezdi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!