Ashxobod uyezdi
Ashxobod uyezdi (1882—1890-yillarda Axaltaka uyezdi, 1919—1925-yillarda Poltoratsk uyezdi) – 1882—1925-yillarda mavjud boʻlgan Kaspiyorti viloyati, Turkman viloyati va Turkmaniston SSR tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birligi. Uyezd markazi – Ashxobod shahri.
Uyezd | |
---|---|
Tegishli | Kaspiyorti viloyati |
Maʼmuriy markazi | Ashxobod |
Asos solingan sanasi | 1882-yil |
Bekor qilingan sanasi | 1925-yil yanvar |
Aholi (1897-yil) | 92 200 kishi |
Maydoni | 98,8 ming km² (1897) km² |
Xaritada |
Tarixi va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
Kaspiyorti (1921-yildan Turkman) viloyati tarkibidagi Ashxobod okrugi 1882-yilda dastlab Axaltaka okrugi nomi bilan tashkil qilinadi. 1890-yilda uyezd Ashxobod uyezdi shaklida qayta tashkil etiladi va 2 ta pristavlikka boʻlingan: Atek (markazi – Kaahk stansiyasi) va Durun (markazi – Bahordin q.). 1891-yilda Atek pristavligi Tajan uyezdiga oʻtkaziladi. 1917-yilda Durun pristavligi uchastka komissarligi deb atala boshlaydi. 1918-yilda Krasnovodsk uyezdidan Qoraqal’a uchastka komissarligi Ashxobodga oʻtkaziladi. 1919-yil iyunda uyezd nomi Poltoratsk deb qayta nomlanadi.
1919-yilda uchastka komissarligi tugatiladi. Ashxobod uyezdida 5 ta tuman tashkil etiladi:
- Bahordin (markazi – Bahordin stansiyasi);
- Sharqiy (markazi – Poltoratsk sh.);
- Koʻktepa (markazi – Koʻktepa stansiyasi);
- Qizilarvot (markazi – Qizilarvot);
- Feruza (markazi – Feruza).
1920-yil aprelda tumanlar boʻlislar shaklida qayta tashkil etiladi. 1920-yil noyabrda Feruza boʻlisi, 1921-yil yanvarda Qoraqal’a boʻlisi, 1922-yil sentyabrda Qizilarvat boʻlisi tugatiladi.
1924-yil oktyabrda Poltoratsk uyezdi Turkmaniston SSR tarkibiga, oʻsha yilning dekabr oyida Poltoratsk okrugining qismiga aylanadi. 1925-yil yanvarida uyezd tugatiladi, uning hududida tumanlar tashkil etiladi.
Aholisi
1897-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uyezdda 92,2 ming kishi yashagan. Shu jumladan turkmanlar – 73,1%; ruslar – 12,8%; forslar – 3,5%, ukrainlar – 2,5%; armanlar – 2,5%, polyaklar – 1,9%, tatarlar – 1,3%. Ashxobod shahrida 19 426 kishi, Qizilarvotda 4098 kishi yashagan.
Manbalar
- Vsemirniy istoricheskiy proekt (Wayback Machine saytida 2010-12-27 sanasida arxivlangan)
- „Демоскоп Weekly — Приложение. Справочник статистических показателей“. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ashxobod uyezdi haqida, Ashxobod uyezdi nima? Ashxobod uyezdi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!