Kulita karvonsaroyi
| Kulita karvonsaroyi | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Madaniy meros yodgorligi |
| Turi | Karvonsaroy |
| Joylashuvi | Buxoro viloyati |
| Manzili | Mehtar Anbar koʻchasi |
| Shahar | Buxoro |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qurilishi boshlangan | XIX asr boshlari |
| Qurilishi tugagan | XIX asr boshlari |
![]() Kulita karvonsaroyining oʻrni xaritada | |
| Kulita karvonsaroyi | |
Kulita karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan. Karvonsaroy gʻarbiy tomonida Toqi Telpakfurushon savdo gumbaziga tutashgan.
Kulita karvonsaroyida avval ayollar bosh kiyimi bilan savdo qilingan, soʻngra unda sarroflar faoliyat olib borishgan. Keyinchalik unda tatar savdogarlari istiqomat qilishgan va Rossiya imperiyasidan olib kelingan tovarlar saqlangan. 1920-yilgi Buxoro inqilobidan soʻng binodan ombor sifatida foydalanilgan. Keyinchalik u Buxoro shahar kommunal xoʻjaligi ixtiyoriga berilib, binodan aholi uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan.
1992-yildan buyon karvonsaroyda Oʻzbekistondagi ilk temirchilik hunari muzeyi faoliyat koʻrsatyapti.
Manbalar
| ]- „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- „Караван-сарай Кулута“. Rusrav.uz (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Binolar
- Oʻzbekiston karvonsaroylari
- Oʻzbekistondagi meʼmoriy yodgorliklar
- Buxoro karvonsaroylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kulita karvonsaroyi haqida, Kulita karvonsaroyi nima? Kulita karvonsaroyi nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!