Latviya madhiyasi
| oʻzbekcha: «Tangrim, Latviyani qoʻlla!» | |
|---|---|
| | |
| Soʻz muallif(lar)i | Karlis Baumanis |
| Bastakor | Karlis Baumanis, 1873-yil |
| Qabul qilindi | 1920-yil, 7-iyun |
„Dievs, svētī Latviju!“ (oʻzb. „Tangrim, Latviyani qoʻlla!“) – Latviya Respublikasining davlat madhiyasi hisoblanadi.
Madhiya soʻzlari va musiqasi Latviyaning eng mashhur shoir va bastakorlaridan biri – Karlis Baumanis tomonidan 1873-yilda yaratilgan. Ushbu madhiya ilk bor 1873-yilning yozida Rigada boʻlib oʻtayotgan birinchi umumxalq qoʻshiqlar bayramida yangragan. 1920-yilning 7-iyun kuni ushbu madhiya Latviya Respublikasi davlat madhiyasi deb rasman eʼlon qilindi.
Latviyani Sovet Ittifoqi bosib olganidan keyin 1940-1990-yillarda Latviya hududida „Latviya SSR madhiyasi“ ishlatib kelingan. Latviya mustaqillikga erishganidan soʻng yana ushbu madhiya qoʻllanila boshlandi va rasman davlat madhiyasi deb eʼlon qilindi.
Madhiya matni
| ]Latish tilida
| ]- Dievs, svētī Latviju,
- Mūs' dārgo tēviju,
- Svētī jel Latviju,
- Ak, svētī jel to!
- Kur latvju meitas zied,
- Kur latvju dēli dzied,
- Laid mums tur laimē diet,
- Mūs' Latvijā!
Oʻzbekcha tarjimasi
| ]- Tangrim, Latviyani qoʻllagin,
- Bizning aziz vatanimizni,
- Ha, qoʻlla Latviyani,
- Ha, qoʻlla uni!
- Latviya qizlari gullar,
- Latviya oʻgʻillari kuylar,
- Bizni shodlikda oʻynashga ber,
- Latviyamizda!
Manbalar
| ]Havolalar
| ]- Likums „Par Latvijas valsts himnu“
- Latviya madhiyasi (mp3) (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
- Davlat madhiyalari
- Latviya
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Latviya madhiyasi haqida, Latviya madhiyasi nima? Latviya madhiyasi nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!