Kultegin bitiktoshi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kultegin bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli Kultegin sharafiga quyilgan (732 yil 14 avgust). Ulan Batordan 400 km janubda, Qorabalgʻa-sun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arhar surati tas-virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻla9-K-9839130KULTEPAriga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hoki-miyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N. M. Yad-rinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab bi-tiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.

Adabiyot

| ]
  • Mal o v S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadim-gi turkiy til, T., 1982.

Kamol Matyoqubov.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kultegin bitiktoshi haqida, Kultegin bitiktoshi nima? Kultegin bitiktoshi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan