Toʻnyuquq bitiktoshi

Toʻnyuquq bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxminan 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—716). UlanBatordan 66 km jan.sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan.va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan.dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning 1—7satrlari toshlardan birining gʻarbga, 8—17satrlar jan.ga, 18—24satrlari sharqqa, 25—35satrlari shim.ga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36—44satrlari ikkinchi toshning gʻarbga, 45— 50satrlari jan.ga, 51—58satrlari sharqqa va 59—62 satrlari shim.ga qaragan tarafiga bitilgan.

image
Toʻnyuquq bitiktoshi

Bitiktoshda Turk xoqonligining qayta tashkil topishi, bu ishda Eltarish xoqonning xizmati, Toʻnyuquqning xoqonlik shakllanishi, yuksalishidagi, turli oʻlka va qabilalarga qarshi uyushtirilgan harbiy yurishlardagi qahramonligi, vatanparvarligi batafsil bayon etilgan. Yodgorlik nafaqat badiiytarixiy asar sifatida, balki qad. toponimlar va etnografizmlarni oʻrganish nuktai nazaridan ham ahamiyatlidir. Jumladan, unda Tabgʻach (Xitoy), Shantung (Shandun — Shim.Sharqiy Xitoydagi provinsiya), Oʻtukan (Oltoy va Xingan togʻlari oraligʻidagi vodiy), Koʻgman (Sayan togʻlari), Toʻgʻla (Tola daryosi), Oltun (Oltoy), Yinchu ugʻuz (Sirdaryo), Sugʻd, Temir Qapigʻ (Darband — Hisor togʻidagi dovon) kabm oʻlka va joy nomlari, turk, oʻgʻuz, qitaniy, turgash, qirgʻiz singari kabila nomlari uchraydi.

Mazkur bitiktoshni 1897 yilda rus etnografi Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bn birga Shimoliy Moʻgʻulistonning BainSokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati, transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V. V. Radlov tomonidan 1899 yilda nashr ettirilgan. Yodgorlik matni dan(dat), ingliz, rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan. O'zi To'nyuquqning xitoycha nomi "To'ng'ich javhar" degan ma'noni anglatgan


"Men xoqon Tónyuquq Chinda dunyoga keldim. Chunki u paytda turk millatichinga tobe edi... Turk millati parishon bóldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolmagandi... Dastlab Shod(Qutlug') yonida tóqnashdi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri menga sezgi berganligi sababli unig xoqon bólishi uchun harakat qildim va ózini ham qistadim. U: «Tónyuquq men bilan birga bólganda men Eltarish (millatni tóplagan) xoqon bólayin», -deydi. Chinliklarning bu toza kuchini yóq qilish payiga tushganini bilishim hamon kunduz ótirmay, kecha uxlamay xoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog'iyni daf etdik. Xoqon va turk millati Ótukanga joylashishi bilan Janub va Shimol, Sharq va G'arbdagi barcha urug'lar kelib, bizga qóshildi."

Tónyuquq bitigidan

Adabiyot

  • Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.

Gʻaybulla Boboyorov.





  1. Anderson, T. R.; Slotkin, T. A. (1975-08-15). „Maturation of the adrenal medulla--IV. Effects of morphine“. Biochemical Pharmacology. 24-jild, № 16. 1469–1474-bet. doi:10.1016/0006-2952(75)90020-9. ISSN 1873-2968. PMID 7.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Toʻnyuquq bitiktoshi haqida, Toʻnyuquq bitiktoshi nima? Toʻnyuquq bitiktoshi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan