Madyar Xudayberganov
| Xudaybergenov Madyar | |
|---|---|
| Tavalludi | 28-dekabr 1924-yil Yabla-Qangla qishlogʻi, Shovot tumani, Xorazm viloyati |
| Vafoti | 29-iyun 2016-yil (91 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Urganch o‘qituvchilar instituti |
| Kasbi | Pedagog |
Madiyor Xudoyberganov (1924-yil 28-dekabr, hozirgi Xorazm viloyati, Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻi, Oʻzbekiston - 2016-yil 29-iyun, Oʻzbekiston) – Sovet oʻzbek faoli, Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi 1-kotibi. SSSR Oliy Kengashining 8-11-chaqiriq deputati. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Tarjimayi holi
| ]Xudoyberganov Madiyor 1924-yil 28-dekabrda Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻida dunyoga kelgan. 1941-yildan boshlab Oʻzbekiston SSRda oʻqituvchilik qilgan. Shu yildan boshlab jamoat va siyosiy ishlarda faol ishtirok etishni boshlaydi. KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.
1945–1951-yillarda Oʻzbekiston SSRda oʻquv boʻlimi mudiri, maktab direktori, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.
1951–1965-yillarda Xorazm viloyati Oʻzbekiston KP(b) Shovot okrug qoʻmitasi kotibi; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyati Xiva okrug qoʻmitasining 1-kotibi.
Xorazm viloyati Urganch oʻqituvchilar institutini tamomlagan.
1965-yil apreldan 1968-yil fevraliga qadar Xorazm viloyat Mehnatkashlar deputatlari Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi.
1968-yil fevraldan 1986-yil 13-yanvarga qadar Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
1986-yildan nafaqaga chiqqan. 2016-yil 29-iyunda vafot etdi.
Daraja
| ]- kapitan
- podpolkovnik
Mukofotlari
| ]Madiyor Xudoyberganov 1965-, 1971-, 1978-, 1983-yillarda - jami to'rt marta Lenin ordeni bilan mukofotlangan. 1973-yilda Oktyabr inqilobi ordeni, 1985-yilda Vatan urushi ordeni, 1959-yilda „Shavkatli mehnat uchun“ medali, 1976-yilda "Jasorati uchun" medali kabi mukofotlarni qo'lga kiritgan. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
Manbalar
| ]- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar
- Shovot tumanida tugʻilganlar
- 29-iyunda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Ittifoq Kengashining Xorazm viloyatidan saylangan deputatlari
- Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSRdan saylangan Millatlar Kengashi deputatlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Madyar Xudayberganov haqida, Madyar Xudayberganov nima? Madyar Xudayberganov nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!