Mamajon Rahmonov
Mamajon Rahmonov (1914.21.12, Koʻqon — 2010.6.4, Tashkent) — teatrshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Sanʼatshunoslik doktori (1968), professor (1969). Moskva moliya institutini (1936), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Oʻzbekiston sanʼat ishlari Boshkarmasida boʻlim boshligʻi (193842), Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi (1942), Mukimiy teatri (1943– 49), Moskva konservatoriyasi qoshidagi oʻzbek opera studiyasi (1949–51), Navoiy teatri (1957–60 va 1970–76) direktori. Toshkent konservatoriyasi (1976–79), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1979–85) rektori. Sanʼatshunoslik institutining teatr va xoreografiya bulimining mudiri (1960–76; 1985-yildan yetakchi ilmiy xodim). Ilmiy asarlarida oʻzbek teatri tarixi, Hamzaning dramaturgiya va teatr sanʼati sohasidagi faoliyati, Oʻzbek milliy akademik drama teatrining bosib oʻtgan yoʻli tadqiq qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). „El-yurt hurmati“ ordeni (2000) va „Shuhrat“ medali (1994) bilan mukofotlangan.
Mamajon Rahmonov 2010-yil 6-aprelda 96 yoshida vafot etdi.
Manbalar
| ]- "Rahmonov Mamajon" OʻzME. R-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Академик Мамажон Рахманов
Adabiyotlar
| ]- Hamza va oʻzbek teatri, T., 1959; Oʻzbek teatri tarixi (18–20-asrlar), T., 1968; Shukur Burhonov, T., 1974 (hamkorlikda); Oʻzbekiston teatri (qadimdan 18-asrga qadar), T., 1981; Hamza nomli oʻzbek davlat akademik drama teatri (1914–1960), T., 2001.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mamajon Rahmonov haqida, Mamajon Rahmonov nima? Mamajon Rahmonov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!