Mariya Muxortova
| Mariya Muxortova | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | Rossiya |
| Tavalludi | 20-noyabr 1985-yil Sankt-Peterburg |
| Boʻyi | 1.62 m (5 ft 4 in) |
| Oldingi sheriklari | Jérôme Blanchard |
| Murabbiyi | Oleg Vasiliev |
| Oldingi murabbiylari | Artur Dmitriyev |
| Oldingi xoreograflari | Tatyana Druchinina |
| Jamoasi | St. Petersburg Skating School |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Qisqa dastur | 73.54 |
| Erkin dastur | 128.57 |
Mariya Vladimirovna Muxortova (ruscha: Мария Владимировна Мухортова; 1985-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Maksim Trankov bilan birga 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, besh karra Gran-pri turnirining (shu jumladan, Trophee Erik Bompardning bitta oltin medali) gʻolibasi, 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va 2007-yilgi Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibasi boʻlgan. Mariya Jérôme Blanchard bilan juftlikda bir mavsum raqobatlashgan.
Shaxsiy hayoti
| ]Muxortova Sankt-Peterburgda tugʻilgan, 6 yoshida otasining tugʻilgan shahri Lipetskda konkida uchishni boshlagan. Mariya konkida uchishga qiziqib qolgan, ammo Lipetskda konkida uchish uchun imkoniyat boʻlmagan, shuning uchun onasi uni oʻn uch yoshida Sankt-Peterburgga olib ketgan.
Faoliyati
| ]Muxortova va Maksim Trankovga Lyudmila Velikova hamda Nikolay Velikov murabbiylik qilgan. U paytda Maksimning sherigi boshqa ayol boʻlgan. Muxortova 2001 — 2002 va 2002 — 2003-yilgi mavsumdabirinchi marta Pavel Lebedev bilan juftlikda konkida uchgan, u bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashgan. Juftlik 2002 — 2003-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2004-yilda Maksim Trankov bilan juftlashgan Mariya, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va 2004-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda juftlik, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turniri doirasida oʻtkazilgan 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2005 — 2006-yilgi Juftlik Olimpiya mavsumida Tatyana Totmianina / Maksim Marinin juftligi musobaqani tark etganidan keyin 2006-yilgi Jahon chempionatida qatnashish uchun tanlangan. Ular chempionatda 12-oʻrinni egallashgan.
2006 — 2007-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov 2007-yilgi Rossiyaning milliy chempioni boʻlishgan, ammo Mariyaning mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishgan. Juftlik 2007-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan va bir pogʻona yuqorilab 11-oʻringa koʻtarilgan. Keyingi mavsumda ular 2008-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar va 2008-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallaganilar.
2008 — 2009-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov juftligi birinchi Gran-pri finaliga yoʻl olgan, 2009-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida 5-oʻringa koʻtarilgan.
2008 — 2010-yilgi mavsumda juftlik 2009 Trophée Eric Bompard musobaqasiga tayinlangan, u yerda oʻz koʻrsatkichlarini yangilagan va ikki karra jahon chempioni boʻlgan Aliona Savchenko va Robin Szolkovini magʻlub etgan. Ularning ikkinchi Gran-pri musobaqasi 2009 Skate Canada turniri. 2009 Skate Canada turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2010-yilgi Yevropa chempionatida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yttinchi oʻrindan joy olgan. 2010-yil mart oyida Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ular 4-oʻrinni egallashgan.
Dasturlari
| ]Maksim Trankov bilan
| ]| Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
|---|---|---|
| 2009 — 2010 | Appassionata ㅤ Secret Garden |
|
| 2008 — 2009 | Nobody Home ㅤ Pink Floyd ㅤ ㅤ London Symphonic Orchestra | The Lady and the Hooligan Dmitri Shostakovich |
| 2007 — 2008 | Otonal ㅤ Raúl di Blasio | Prelude in C sharp minor Sergei Rachmaninov |
| 2006 — 2007 | Music for Cinema ㅤ Alfred Schnittke | Elegy ㅤ Sergei Rachmaninov |
| 2005 — 2006 | Baxter (saundtrek) | Rhapsody on a Theme of Paganini ㅤ Sergei Rachmaninov |
| 2004 — 2005 | Quidam Cirque du Soleil ㅤ René Dupéré | El dia que me quieras ㅤ Raúl di Blasio |
| 2003 — 2004 | Melodies of the White Night Isaac Schwartz | El dia que me quieras ㅤ Raúl di Blasio |
Natijalari
| ]Maksim Trankov bilan
| ]| Natijalar | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Xalqaro | |||||||
| Musobaqa | 2003 — 2004 | 2004 — 2005 | 2005 — 2006 | 2006 — 2007 | 2007 — 2008 | 2008 — 2009 | 2009 — 2010 |
| Olimpiada | 7 | ||||||
| Jahon chempionati | 12 | 11 | 7 | 5 | 4 | ||
| Yevropa chempionati | 2 | 3 | 3 | ||||
| Gran-pri finali | 6 | 4 | |||||
| GP Bompard | 3 | 2 | 1ㅤ | ||||
| Rossiya GP kubogi | 6 | 4 | 7 | 4 | |||
| GP Skate America | 5 | 3 | |||||
| GP Skate Canada | 7 | 2 | |||||
| Finlandia Trophy | 1ㅤ | ||||||
| Nebelhorn | 2 | ||||||
| Universiada | 3 | ||||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||
| Yevropa chempionati | 3 | 1ㅤ | |||||
| JGP finali | 3 | 1ㅤ | |||||
| JGP Xitoy | 1ㅤ | ||||||
| JGP Chexiya | 1ㅤ | ||||||
| JGP Germaniya | 1ㅤ | ||||||
| JGP Polsha | 1ㅤ | ||||||
| Milliy | |||||||
| Rossiya chempionati | 1-J. | WD | 3 | 1ㅤ | 2 | 2 | 2 |
| GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri J. = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan | |||||||
Manbalar
| ]- „Maria MUKHORTOVA / Maxim TRANKOV: 2007/2008“. International Skating Union. 2008-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- „Maria MUKHORTOVA / Maxim TRANKOV: 2008/2009“. International Skating Union. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- „Russian Ice Stars“. RussianIceStars.com. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- 20-noyabrda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Rossiyalik figurali uchuvchilar
- Yashayotgan insonlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mariya Muxortova haqida, Mariya Muxortova nima? Mariya Muxortova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!