Qishki olimpiada

Qishki Olimpiada — sportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkaziladigan turkum musobaqalar. 1924-yildan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-yillarda oʻtkazilmagan). 1908-1920-yillarda muz ustida figurali uchish, 1920-yilda shaybali xokkey Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiada biatlon, bobsley, kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga, muz ustida figurali uchish), chana sporti, changʻi sporti, shaybali xokkey boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.

Qishki Olimpiada oʻtkazilgan yillar va joylar

image
Qishki Olimpiada oʻtkazilgan joylar. Yashil bilan bir, koʻk bilan esa bir necha marta qishki Olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar koʻrsatilgan.
  • I Olimpiada oʻyinlari — 1924, Chamonix (Fransiya)
  • II va V — 1928 va 1948, St. Moritz (Shveysariya)
  • III va XIII - 1932 va 1980, Lake Placid (AQSh)
  • IV - 1936, Garmisch-Partenkirchen (Olmoniya)
  • VI — 1952, Oslo (Norvegiya)
  • VII — 1956, Cortina d'Ampezzo (Italiya)
  • VIII — 1960, Squaw Valley (AQSh)
  • IX va XII - 1964 va 1976, Innsbruck (Avstriya)
  • X — 1968, Grenoble (Fransiya)
  • XI — 1972, Sapporo (Yaponiya)
  • XIV - 1984, Sarayevo (Yugoslaviya)
  • XV — 1988, Kalgari (Kanada)
  • XVI— 1992, Albertville (Fransiya)
  • XVII — 1994, Lillehammer (Norvegiya)
  • XVIII — 1998, Nagano (Yaponiya)
  • XIX — 2002, Salt Lake City (AQSh)
  • XX — 2006, Turin (Italiya)
  • XXI — 2010, Vankuver (Kanada)
  • XXII — 2014, Sochi (Rossiya)

Oʻzbekiston sportchilari Qishki Olimpiadalarda 1994-yildan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki Olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.

Havolalar

  • Qishki Olimpiada, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qishki olimpiada haqida, Qishki olimpiada nima? Qishki olimpiada nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan