Mirzakalon Ismoiliy

Mirzakalon Ismoiliy (1908.15.10, Oʻsh — 1986.5.2, Toshkent) — oʻzbek yozuvchisi, tarjimon.

Mirzakalon Ismoiliy
image
Tavalludi 15-oktyabr 1908
Vafoti 5-may 1986
Fuqaroligi SSSR

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetida oʻqigan (1928—30), rabfakda dars bergan. Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (1932—37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), Yozuvchilar uyushmasi (1939), „Qizil Oʻzbekiston“ gaz. (1948-49) va „Sharq yulduzi“ jurnalda (1949—50) ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Qatagʻonga uchrab 1950-55 yillarda qamalgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1955—58). „Ozod inson haqida qoʻshiq“ hikoyalar toʻplami (1948), „Keng maydonlar“ pyesasi (1949) muallifi. „Fargʻona tong otguncha“ tari-xiy romani (1—2-kitob, 1958—1968)da 20-asr boshidagi oddiy kishilarning maʼrifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-asr boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. „Bizning roman“ (1962), „Inson husni“ (1969) va „Odamiylik qissasi“ (1972), „Qizlar daftari“ (1980), „Oʻzingdan koʻr“ (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va oʻzaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. Mirzakalon Ismoiliy jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mirzakalon Ismoiliy haqida, Mirzakalon Ismoiliy nima? Mirzakalon Ismoiliy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan