Mongoliya oltoyi

Mongoliya oltoyi - Mongoliya va Xitoydagi togʻ sistemasi, Oltoy togʻlarining janubi-sharqiy qismi. Shim.-gʻarbdan janubi-sharqqa 1000 km ga choʻzilgan, eni 150–300 km. Eng baland joyi 4362 m (Munxxayrxon-Oʻla togʻi). Boʻylama tektonik vodiylar bilan ajralgan oʻzaro parallel tizmalardan iborat. Togʻ tepalari platosimon. M. O., asosan, paleozoy kristalli slanetslari, porfir va granitlardan tuzilgan. Togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar (eng kattasining uz. 20 km) bor. Sernam janubi-gʻarbiy yon bagʻri oʻrmon, togʻ etaklari dasht, togʻ tepalari alp oʻtloqlari, Shimoli-sharqiy yon bagʻri dasht va chala choʻldan iborat. Mongoliya oltoyining davomi Gobi Oltoyidir.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mongoliya oltoyi haqida, Mongoliya oltoyi nima? Mongoliya oltoyi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan