Mutlaq balandlik

Mutlaq balandlik (altituda) -Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha sathidan boshlab ulchangan tik balandligi (metrlarda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean sathidan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), Mingbuloq botigʻi — 12 m (Qizilqumda; Oʻzbekiston). Mutlaq balandlik nivelirlash yordamida aniqlanadi.

Dengiz va okean suvlarining koʻp yillik urtacha sathi gidrometrik postlarda quzgʻalmas qilib oʻrnatilgan va gorizontal chiziqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan mis taxtacha — futshtoksy belgilangan boʻladi. Oʻzbekiston hududida nuqtalarning Mutlaq balandlikini Boltiq dengizidagi Kronshtadt koʻprigi ustuniga oʻrnatilgan futshtokning noliga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Geografik haritalarda beriladigan barcha balandliklar mutlaq balandlikini bildiradi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mutlaq balandlik haqida, Mutlaq balandlik nima? Mutlaq balandlik nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan