Abbosbek Fayzullayev
Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev (2003-yil 3-oktabrda tugʻilgan va u 21 yoshda) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Istanbul Başakşehir klubi va Oʻzbekiston futbol terma jamoasida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev | ||
Tavallud sanasi | 3-oktyabr 2003-yil | ||
Tavallud joyi | Sayxunobod tumani, Sirdaryo viloyati | ||
Boʻyi | 1.67 m (5 ft 5 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Laqabi | Abbosinio | ||
Vazni | 60 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | SSKA Moskva | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2018—2020 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2021—2023 | Paxtakor | 32 | (7) |
2023— | SSKA Moskva | 49 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2020—2023 | Oʻzbekiston U20 | 18 | (6) |
2021—2024 | Oʻzbekiston U23 | 14 | (3) |
2023— | Oʻzbekiston | 25 | (8) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 24-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 27-mart uchun) |
2023-yilda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatiga kirgan futbolchilardan biri.
Futbolchilik faoliyati
Ilk yillari
2003-yil 3-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. Abbosbek Fayzullayev transfermarktdagi narxi 8 mln yevroni tashkil etadi (2025-yil 25-fevraldagi maʼlumot).
Paxtakor safida
Abbosbek Fayzullayev 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 8ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston Superligasida 6 ta, Oʻzbekiston Kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 2 ta oʻyin oʻtqazdi, maydonda umumiy hisobda 280 daqiqa harakat qildi.
2022-yilgi mavsum
2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston Kubogida 2 ta va Osiyo Chempionlar ligasida 3 ta oʻyin oʻtqazdi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda maydonda 645 daqiqa harakat qildi.
SSKA Moskva
Abbosbek Fayzullayev 2023-yil 27-iyulda SSKA Moskva jamoasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladi. 19 yoshli Fayzullayev 500 ming yevroga transfer qilindi.
19-avgust kuni „Dinamo“ga qarshi oʻyinda (1:2) Fayzullayev 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib yangi klubida debyut qildi. 24-sentyabr kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda (3:3) SSKA Moskva jamoasi safida oʻzining birinchi golini kiritdi.
Villareal
2024-yilning iyun oyida SSKA futbol klubi Abbosbek Fayzullayevni Ispaniyaning Villarreal futbol klubiga sotishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Terma jamoadagi faoliyati
Abbosbek Fayzullayev 2021-yil 30-oktabrda Bangladesh U-23 jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Temur Kapadze tomonidan jalb etildi va shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.
2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi. 2023-yilgi OFK U-20 Osiyo Kubogi uchun 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirildi va musobaqada eng yaxshi futbolchi boʻldi. Finalda Iroqqa qarshi oʻyinda u penaltidan gʻalaba qozonib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi, chunki jamoadoshi Umarali Rahmonaliyev penaltini golga aylantirib, Oʻzbekistonga 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tarixidagi ilk chempionlikni taqdim etdi. Oʻz harakatlari bilan u turnirning eng futbolchisi oʻyinchisi deb topildi. 2023-yilning 6-iyun kuni Fayzullayev Oʻzbekiston terma jamoasi safida futbol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida Ummonga qarshi oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Uch kundan soʻng u Tojikistonga qarshi guruh oʻyinida zaxiradan maydongga tushib, oʻzining terma jamoa safida birinchi xalqaro golini urdi, bu oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turnir finalida Eronga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. 2023-yilda Qatarda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogida Hindiston ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada oʻz hissasini qoʻshdi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub safidagi statistikasi
- 2023-yil 10-dekabr kungi holat.
Klub | Mavsum | Oʻzbekiston Superligasi | Oʻzbekiston Kubogi | Osiyo Chempionlar ligasi | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Paxtakor | 2021-yil | Superliga | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 9 | 0 | |
2022-yil | Superliga | 21 | 5 | 2 | 2 | 3 | 1 | — | 26 | 8 | ||
2023-yil | Superliga | 6 | 2 | — | 6 | 2 | ||||||
Jami | 19 | 3 | 3 | 2 | 5 | 1 | — | 29 | 6 | |||
SSKA Moskva | 2023-24-yil | Premyer-liga | 13 | 2 | 5 | 0 | — | 18 | 2 | |||
Jami | 46 | 9 | 8 | 2 | 5 | 1 | — | 59 | 12 |
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi
- 2024-yil 30-yanvar kungi holat.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida | ||
---|---|---|
Yil | Isht | Gol |
2023 | 8 | 2 |
2024 | 10 | 2 |
Jami | 12 | 4 |
Xalqaro
№ | Sana | Stadion | Raqib | Gol | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2023-yil 17-iyun | Milliy Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() | 4–1 | 5–1 | CAFA Millatlar Kubogi 2023 |
2. | 2023-yil 25-dekabr | Al Maktoum Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | ![]() | 1–0 | 4–1 | Oʻrtoqlik oʻyini |
3. | 2024-yil 18-yanvar | Ahmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar | ![]() | 1–0 | 3–0 | AFC Osiyo Kubogi 2023 |
4. | 2024-yil 30-yanvar | Al Janoub stadioni, Al Wakrah, Qatar | ![]() | 2–1 | 2–1 | AFC Osiyo Kubogi 2023 |
Yutuqlari
Paxtakor
- Oʻzbekiston Superligasi 2020, 2021, 2022
- Oʻzbekiston Superkubogi 2021, 2022
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2020
- Oʻzbekiston kubogi fianlchi: 2021
CSKA
- Rossiya kubogi sohibi: 2024-25
- Rossiya Superkubogi sohibi: 2025
Oʻzbekiston
- AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 chempioni: 2023
- AFC U-23 Osiyo kubogi 2022 Ikkinchi oʻrin: 2022
Individual
- Oʻzbekiston eng yaxshi yosh futbolchisi: 2022
- Oʻzbekiston eng yaxshi futbolchisi: 2023
- AFC U-20 Osiyo kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2023
- AFC Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2023
- Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023
- Rossiya Premer-ligasining mavsum kashfiyoti: 2023/2024
Unvon va mukofotlari
- „Kelajak bunyodkori“ medali
- 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- „O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida“. president.uz. Qaraldi: 2025-yil 12-iyun.
- „Abbosbek Fayzullaev“. 2022-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- „Paxtakor" bosh direktori: "Fayzullayev "Paxtakor" bilan xayrlashdi va SSKAga o‘tdi"“. Qaraldi: 2-avgust 2023-yil.
- „Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
- „Abbosbek Fayzullaev Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan“.
- „Abbosbek Fayzullaev transfermarktdagi narxi“.
- „ЦСКА Аббос Файзуллаев учун "Пахтакор"га қанча тўлайди?“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- „Узбекский вундеркинд Аббосбек Файзуллаев перешел в ЦСКА“.
- Abbosbek Fayzullayev Rossiya klubiga transfer qilinmoqda
- „Расман! ЦСКА Аббос Файзуллаев трансферини ажойиб видео орқали эълон қилди! (Видео)“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- „Расман: Аббос Файзуллаев — ЦСКА футболчиси!“. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
- „Динамо - ЦСКА (2:1) 19 августа. Мир Российская Премьер-Лига 2023-24. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
- „Ростов - ЦСКА (3:3) 24 сентября. Мир Российская Премьер-Лига 2023-24. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
- „Аббосбек Файзуллаев может продолжить свою карьеру в Испании“ (ru) (11-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-iyun.
- „Abbos Fayzullayev Ispaniya klubiga o‘tishi kutilmoqda“. uz24.uz (29.06. 2024). Qaraldi: 2024-yil 30-iyun.
- „Oʻzbekiston U23 yakuniy qaydnomasiga kiritildi“.
- „Fayzullaev named Most Valuable Player“. the-afc.com (2023-yil 18-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
- Abbosbek Fayzullayev Soccerway saytida
- „Paxtakor jamoasiga 2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasi kubogi topshirildi“.
- „Paxtakor O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi“.
- „ЦСКА – победитель FONBET Кубка России 2024/2025“ [CSKA is the winner of FONBET Russian Cup 2024–25] (ru). Russian Football Union (2025-yil 1-iyun). Qaraldi: 2025-yil 1-iyun.
- „Файзуллаев 2023 йилда Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси, Ҳусанов эса энг яхши ёш футболчи деб топилди“ (2023-yil 26-dekabr).
- „AFC Asian Cup Qatar 2023 Technical Report“. AFC (2024-yil 12-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
- „Аббосбек Файзуллаев — Осиёда йилнинг энг яхши ёш футболчиси!“ (2024-yil 29-oktyabr).
- „Все лауреаты второй премии Winline Герои РПЛ“ [All winners of the second Winline Heroes of the RPL award] (ru). Russian Premier League (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- „Prezident sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi“. Uzreport.news. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
- Abbosbek Fayzullayev Transfermarktda saytida
- Abbosbek Fayzullayev Soccerway saytida
- Abbosbek Fayzullayev National-Football-Teams.com saytida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abbosbek Fayzullayev haqida, Abbosbek Fayzullayev nima? Abbosbek Fayzullayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!