Murodjon Azimov
- Vikipediyada ismi Murodjon va familiyasi Azimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan, 2022-yildan tasdiqlangan).
Murodjon Azimov | |
---|---|
![]() | |
Mansab davri 2021-yil 18-noyabrdan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Zoir Mirzayev |
![]() | |
Mansab davri 2018-yil 12-fevraldan – 2021-yil 18-noyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muidjon Tohiriy |
Vorisi | Akmalxoʻja Mavlonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 21-iyul 1976-yil Qashqadaryo |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari | ![]() |
Xizmat yillari | 1998-yildan |
Unvoni | general-mayor |
Biografiyasi
Murodjon Azimov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.
Taʼlimi
1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
Mehnat faoliyati
1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi.
Manbalar
- „Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimligiga tayinlandi“. Kun.uz (2021-yil 18-noyabr).
- „Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi“. Qalampir.uz (2022-yil 22-aprel).
- „Муроджон Азимов сменил Муиджона Тохирий“. Anhor.uz (2018-yil 13-fevral).
- „Муротжон Азимов стал председателем государственного тамозҳенного комитета“. stv.uz (2018-yil 13-fevral). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- „Муротжон Азимов назначен и.о. хокима Кашкадарьинской области“ (18/11/2021). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
- „Муротжон Азимов стал хокимом без приставки «и. о.»“ (22/04/2022). Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Murodjon Azimov haqida, Murodjon Azimov nima? Murodjon Azimov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!