Akmalxoʻja Mavlonov

Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov (1975-yil 12-may, Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati general-mayori, huquqshunos va iqtisodchi. 2021-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Akmalxoʻja Mavlonov
Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov
image
Oʻzbekiston Davlat Bojxona Qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan — hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Murodjon Azimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1975-yil (1975-01-01) (50 yosh)
Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Mukofotlari image
Unvoni General-mayor

Tarjimai holi

Akmalxoʻja Mavlonov 1975-yil 12-may kuni Fargʻona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. 1997-yilda Fargʻona davlat universitetining iqtisodiyot yoʻnalishini, 2022-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Akmalxoʻja Mavlonov mehnat faoliyatini 1997-yilda Fargʻona shahridagi „Movus“ mebel korxonasida yurist sifatida boshlagan. 2002-yildan boshlab prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. Dastlab tergovchi, soʻngra katta tergovchi lavozimlarida ishlagan. 2006–2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tergov ustidan nazorat boʻlimida xizmat qilgan.

2010–2014-yillarda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 2014–2017-yillarda Margʻilon shahar prokurori, 2017-yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, 2017–2018-yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoyat daromadlarini legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018–2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, 2019–2020-yillarda Namangan viloyati prokurori boʻlgan. 2020–2021-yillarda yana Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.

2021-yil noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va unga bojxona xizmati general-mayori unvoni berilgan. 2024-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.

Ilmiy faoliyati

2024-yilda „Korruptsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)“ mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faxriy unvon va mukofotlar

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni;
  • „Prokuratura organlariga 30 yil“ medali;
  • „Davlat bojxona xizmatiga 30 yil“ nishoni;
  • „Dostlik“ ordeni (2024-yil 24-avgust, Prezident farmoniga asosan);
  • MDH va ShHT tashkilotlarining yillik yubiley nishonlari va faxriy belgilar.

Faxriy unvon

2024-yil 28-mart kuni Fargʻona davlat universiteti bilan samarali hamkorligi va yoshlarga ibrat boʻlayotgan faoliyati uchun unga „Fargʻona davlat universitetining faxriy professori“ unvoni berilgan.

Manbalar

  1. „Акмалхужа Мавлонов одобрен на пост главы ГТК“ (uz) (gazeta.uz). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 14-iyul.
  2. https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/09/mavlonov
  3. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  4. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  5. „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
  6. „Uch federatsiyaga yanga rahbar saylandi“.
  7. „Мавлонов Акмалхўжа Юсуповичнинг фалсафа доктори (PhD) диссертацияси ҳимояси ҳақида эълон“ (uz). Qaraldi: 2025-yil 14-iyul.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Akmalxoʻja Mavlonov haqida, Akmalxoʻja Mavlonov nima? Akmalxoʻja Mavlonov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan