Nizomiddin Bakirov
Nizomiddin Jalilovich Bakirov (tur. 1968-yil 30-dekabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek geodezisti va davlat arbobi. 2005-yildan 2017-yilgacha yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan. 2017-yil 27-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi.
Nizomiddin Bakirov | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2017-yil 27-maydan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 30-dekabr 1968-yil Marhamat tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Biografiyasi
Nizomiddin Bakirov Jalilovich 1968-yil 30-dekabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. 1986-1993-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi boʻlgan. 1987-1988-yillarda armiyada xizmat qilgan. Mehnat faoliyatini 1993-yilda Andijon viloyati yer resurslari boshqarmasida yer ekspeditsiyasining er tuzish muhandisi sifatida boshlagan. 1995-yildan 1999-yilgacha Andijon viloyati yer resurslarini boshqarish bilan shugʻullangan. 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat resurslari qoʻmitasi raisining yordamchisi, 2000-yildan boshlab Jizzax viloyati yer resurslari boshqarmasi boshligʻi. 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzdaverloyiha“ davlat yer tadqiqot loyihalash institutining Samarqand boʻlimini boshqargan. 2002-yildan 2004-yilgacha Samarqand, Sirdaryo va Andijon viloyatlari yer resurslari boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2005-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Nizomiddin Bakirov 2017-yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlandi.
Manbalar
- „Бакиров Низомиддин Жалилович“ (uz). Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси (2021-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
- „Низомиддин Бакиров возглавил Госкомитет по лесному хозяйству“ (ru). Газета.uz (2017-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
- „Главой Госкомитета по лесному хозяйству стал Низомиддин Бакиров“ (ru). Sputnik Узбекистан (2017-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nizomiddin Bakirov haqida, Nizomiddin Bakirov nima? Nizomiddin Bakirov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!