Oybarchin Bakirova
Oybarchin Abbosovna Bakirova (1950-yil 27-iyun Andijon — 2020-yil 20-mart Toshkent) — aktrisa, yuzdan ortiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan. Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
Oybarchin Bakirova | |
---|---|
Tavalludi | 27-iyun 1950-yil Andijon |
Vafoti | 20-mart 2020-yil (69 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Otasi | Abbos Bakirov |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() |
Tarjimai holi
Oybarchin Bakirova 1950-yil 26-iyun kuni Andijonda sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. 1971-yili Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini „Drama va kino“ fakultetin tugatgan. Oybarchin Bakirova institutda aktrisalik mahorati boʻyicha X. M. Kojevnikov, sahna nutqi boʻyicha Nazira Aliyeva, sahna xarakteri boʻyicha Arsen Ismoilovlardan taʼlim olgan. 1971—1972-yillar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. Oybarchin Bakirova 1973-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining aktrisasi boʻlib faoliyat yuritgan.
Oybarchin Bakirova oʻzbek sanʼatkorlari oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Abbos Bakirov teatr va kino aktyori, onasi esa teatr aktrisasi va xonanda boʻlgan. Ular uzoq yillar Andijondagi musiqali drama teatrida faoliyat yuritgan.
Ijodi
Oybarchin Bakirova aktrisalikni birinchi kurs talabalik yillarida Anatoliy Qobulovning „Yoz yomgʻiri“(1968) filmida epizodik rol oʻynashdan boshlab, birin-ketin rollar ijro etgan. F.Zaynutdinovning „Orzular ogʻushi“ filmidagi Halima opa, F.Davletshinning „Amirning xufyona sayohati“ filmidagi Sharofat, A.Hamroyevning „Vodiylik kelin“dagi Nuriniso, R. Malikovning „Klinika“sidagi doktor Zaripovlar uning kinodagi birinchi rollari boʻldi. Uning koʻpchilik kinotomoshabinlarning nazariga tushishida kinorejissyor M. Abzalov boʻlgan, kinodramaturg R.Muhamadjonov ssenariyasi asosida 1986-yilda suratga olingan „Armon“ badiiy filmidagi Boyxotin roli katta muvaffaqiyatga erishgan. Oybarchin Bakirova ushbu roli uchun 1987-yil Oʻzbekiston kinomatografchilar taʼsis etgan „Billur kinokamera“ mukofoti bilan taqdirlangan. Oybarchin Bakirova Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining dublyaj guruhlarida faol ishtirok etib, „Bahor tarovati“, Yoz yomgʻiri", „Mahobxorot“, „Muhammadun Rasululloh“, „Mirza Gʻolib“, „Muhabbat Qahvasi“, „Oshin“, „Ishq Ertagi“, „Aliya“, „Ishkomli uy“ singari kinoseriallarga ovoz bergan. Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo („Orzular ogʻushida…“), vrach Valiyeva („Kasalxona“), Sarviniso („Vodillik kelin“), Xolida („Marhumga hurmat“), Gulsara („Ertangi kunga intilish“), Sharofat („Amirning xufiyona sayohati“), Zaynab xola („Alif Laylo“), Boyxotin („Armon“) va boshqa Shuningdek, telefilmlar („Gulobod va Feruz“, „Yoʻl boʻlsin“, „Nozigim“ hamda videofilmlar („Ayol zoti“, „Fazliy“)da ham rollar ijro etgan. Bakirova oʻz qahramonlarining milliy harakteri, taqdirini, ularning maʼnaviy goʻzalliklarini, ruhiy ulugʻvorligini, qaygʻu-alamlari, sevgi va vafosini, nozik his-tuygʻularini tomoshabinga yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi.
Vafoti
Oybarchin Bakirova 2020-yilda vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Mukofoti
Oybarchin Bakirova 2000-yilda „Oʻzbekiston Xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- „“Unutmoq osonmas sizlarni...” — 2020-yil yoʻqotishlari“ (20-dekabr 2020-yil). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2023-yil.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- „Ўзбекистон халқ артисти Ойбарчин Бакирова вафот этди“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oybarchin Bakirova haqida, Oybarchin Bakirova nima? Oybarchin Bakirova nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!