Nuriddinjon Ismoilov
| Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov | |
|---|---|
Нуриддин Мўйдинхонович Исмоилов | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri | |
| Mansab davri 2015-yil 23-yanvardan | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Dilorom Toshmuhamedova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 20-yanvar 1959-yil Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSRI |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat universitet |
| Mukofotlari |
|
Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov (ruscha: Нуриддин Муйдинханович Исмоилов; 1959-yil, Namangan viloyati) – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2015-yildan).
Biografiyasi
| ]Ismoilov Nuriddin Moʻydinxanovich 1959-yili Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Ma’lumoti – oliy. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – huquqshunos, yuridik fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1980-yilda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani prokuraturasining stajori sifatida boshlagan. 1981—1989-yillarda Chust tumanlararo prokurorining yordamchisi, Uchqoʻrgʻon tumanlararo prokurorining yordamchisi, Namangan viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan. 1985—1989-yillarda Uychi tumani prokurori, 1989—1995-yillarda Namangan viloyati Adliya boshqarmasining boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1995—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, raisi, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining rahbari, 2002—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan. 2001–2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-yil 12-yanvarda Qonunchilik palatasi spikeri etib saylangan.
Mukofotlari
| ]- „Shuhrat“ medali
- „Doʻstlik ordeni“
- Mehnat shuhrati ordeni
Manbalar
| ]- „Исмоилов Нурдинжон Мўйдинхонович“. 4-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
- Parlement de l'Ouzbékistan: „Депутаты“ (19-iyun 2017). 28-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil..
- http://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2015/01/13/nurdinjon-ismoilov-oliy-majlis-qonunchilik-palatasi-spikeri-183293
- Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasini saylash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- BBC: [www.bbc.com/uzbek/lotin/2015/01/150112_latin_uzbek_mp_elect_new_speaker „O‘zbekiston Qonunchilik palatasi rahbari o‘zgardi“].
- UzReport: „Nurdinjon Ismailov elected as a speaker of the Legislative chamber of the Oliy Majlis“ (12 janvier 2015). Qaraldi: 19 juin 2017.
- UzDaily: „Nurdinjon Ismailov heads Legislative Chamber“. 11-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini saylash toʻgʻrisida
Havolalar
| ]| Vikiiqtibosda Nurdinjon Ismoilovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- 20-yanvarda tugʻilganlar
- 1959-yilda tugʻilganlar
- Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yuristlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nuriddinjon Ismoilov haqida, Nuriddinjon Ismoilov nima? Nuriddinjon Ismoilov nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!