Dilorom Toshmuhamedova
- Vikipediyada ismi Dilorom va familiyasi Toshmuhamedova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova | |
|---|---|
Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri | |
| Mansab davri 2007-yil 20-yanvardan – 2015-yil 5-yanvargacha | |
| Oʻtmishdoshi | Erkin Halilov |
| Vorisi | Nurdinjon Ismoilov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 19-fevral 1962-yil Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi |
| Mukofotlari | |
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabr, Toshkentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik shifokor, siyosatchi, jamoat arbobi. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori. 2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Biografiyasi
| ]Maʼlumoti boʻyicha shifokor. 1984-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
1984-1993-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida turli lavozimlarda ishlagan.
1993-1997-yillarda „Farmed“ xususiy korxonasi direktori.
1997-2002-yillarda Oliy Majlisning xalqaro aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.
2002-2007-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisi.
2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri.
2007-yilda prezidentlikka nomzod boʻlgan.
2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nurdinjon Ismoilov egalladi.
2018-yildan 2020-yilgacha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori.
2020-yil 17-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Manbalar
| ]- „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti parliament.gov.uz | Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna“. 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- Parlament Uzbekistana rukovodit Nuriddin Ismoilov, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-13
- „Dilorom Toshmuhamedova "Oila" markazi direktori lavozimidan ketdi“.
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shifokorlar
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilorom Toshmuhamedova haqida, Dilorom Toshmuhamedova nima? Dilorom Toshmuhamedova nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!