Oʻktam Barnoyev
Oʻktam Isayevich Barnoyev (1964-yil, Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 20-sentyabr, Germaniya) — oʻzbek davlat arbobi. Samarqand, Buxoro viloyatlari hokimi va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Oʻktam Barnoyev | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Mansab davri 28-fevraldan – 2020-yil 20-sentyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Shuhrat Gʻaniyev |
![]() | |
Mansab davri 2016-yil 16-dekabrdan – 2020-yil 27-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muhiddin Esonov |
Vorisi | Karim Kamolov |
![]() | |
Mansab davri 2008-yil 15-apreldan – 2010-yil 17-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Aʻzam Bahromov |
Vorisi | Zoir Mirzayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 4-oktyabr 1964-yil Romitan tumani |
Vafoti | 20-sentyabr 2020-yil (55 yoshda) Germaniya |
Qarindoshlari | Umedjon Barnoyev (ukasi) |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Mukofotlari | ![]() |
Biografiyasi
Oʻ. I. Barnoyev 1964-yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida oʻqigan.
1986-yil Buxoro viloyat birlashgan korxonalar maʼmuriyatining texnik direktsiyasining muhandisi.
1997—2000-yillar — Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining iqtisodiyot va islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2000—2002-yillar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida rahbar.
2002—2004-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi agrosanoat kompleksining yetakchi mutaxassisi,
2004—2005-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
2005—2007-yillar — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
2007-yil — 2008-yil 15 aprel — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.
2008-yil 15-aprel — 2010-yil 17-dekabr — Samarqand viloyati hokimi.
2011—2016-yilar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi „Oʻzsuvnazorat“ suv inspektsiyasi boshligʻi,
2016-yildan „Oʻzagroximiya“ AJ inspektsiyasi rahbari va boshqaruv raisi.
2016-yil 16-dekabr — 2020-yil fevral — Buxoro viloyati hokimi. 2020-yil 27-fevralda Oʻ. I. Barnoevning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga koʻrib chiqildi va ma'qullandi. 2020-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Bosh vazirning yangi oʻrinbosarini tasdiqladi. 2020-yil 6-iyuldan boshlab shuningdek, Oʻzbekistonning otchilik va ot sporti federatsiyasining raisi lavozimini egallaydi.
2020-yil 30-iyunda Oʻktam Barnoyevning COVID-19ga challingani maʼlum boʻldi.
2020-yil 20-sentyabrda nemis klinikasida vafot etdi.
Manbalar
- https://regnum.ru/news/polit/2869285.html
- https://uz.sputniknews.ru/20200227/Odobrena-kandidatura-Uktama-Barnoeva-na-dolzhnost-zampremera-13552638.html
- „arxiv nusxasi“. 2020-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- https://uznews.uz/ru/article/19220/[sayt ishlamaydi]
- https://kun.uz/ru/news/2020/07/06/uktam-barnoyev-stal-rukovoditelem-federatsii-raneye-etu-doljnost-zanimal-predprinimatel
- https://rossaprimavera.ru/news/dd33bd42
- „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- https://uz.sputniknews.ru/20200730/Vitse-premer-Uzbekistana-Uktam-Barnoev-bolen-COVID-19-14665172.html
- https://news.myseldon.com/ru/news/index/235076369
- https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/20/barnoev/
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oʻktam Barnoyev haqida, Oʻktam Barnoyev nima? Oʻktam Barnoyev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!